Sog’lig’ingiz haqida qayg’uramiz: D vitamin miqdori

Sizda D vitamini yetarlichami?

Bu vitamin sog’lik uchun juda zarur: u organizmga qonda kalsiy, fosfor va magniyning miqdorini bir maromda ushlab turish uchun zarur. U mushaklar holsizlanishini oldini oladi, organizmning immunitetini oshiradi, ichak, buyrak va mushaklar hujayralariga ta’sir qiladi, qon bosimi va yurak faoliyatini tartibga solishda ishtirok etadi. D vitamini qalqonsimon bezning faoliyati va normal qon ivishi uchun zarurdir. U tanani xavfli o’smalarning rivojlanishidan himoya qiladi va saraton hujayralarining mutatsiyasini dastlabki bosqichlarda to’xtatadi, bu uni onkologik kasalliklarni oldini olishda samaradorligini ko’rsatadi: ko’krak, prostata, yo’g’on ichak, oshqozon osti bezi, qizilo’ngach, tuxumdonlar, bachadon, oshqozon saratoni va boshqa bir qator o’simtalar.

D vitamini yetishmasligi sog’liq, kayfiyat, immunitet, suyaklar, mushaklar, yurak, teriga ta’sir qiladi.


Nimaga u haqida bilish va uning miqdorini nazorat qilish zarur?

Vitamin miqdori ortiqcha bo’lishi uning yetishmasligi kabi zararlidir.

D vitaminning yetishmasligi

  • Tez-tez charchash
  • Depressiya
  • Bo’g’im va mushaklardagi og’riq
  • Semirish

D vitaminning ortishi

  • Doimiy ko’ngil aynishi
  • Ishtahaning va vaznning tushishi
  • Ovqat hazm qilish tizimining buzilishi

Ushbu tekshiruv kim uchun kerak?

D vitamini yetishmasligi yuqori bosqichlarda namoyon bo’ladi, ya’ni uzoq vaqt davomida tanaga oz miqdorda moddalar kirganda va ichakda kalsiy va fosforning so’rilishi buzilganda.

Tanadagi D vitamin miqdori pasayishiga olib keladigan sabablar:

  • quyosh nuri yetishmasligi;
  • toza havoda yetarli vaqt bo’lmaganligi;
  • yopiq kiyim;
  • haddan ortiq ovqatlanish;
  • 65 yoshdan oshgan insonlarda terining D vitaminni sintez qilish qobiliyatining pasayishi;
  • UV filtrli kremlardan ko’p foydalanish.

D vitamini ma’lum oziq-ovqatlardan yoki biologic faol qo’shimchalardan (BFQ) olinishi mumkin, ammo u asosan quyosh nuri ta’sirida terida ishlab chiqariladi.

Tekshiruv natijalariga ko’ra, davolovchi shifokor sizga mos keladigan D vitamini preparatlarining dozasi va shaklini (tabletka, tomchilar) tanlashda yordam beradi. Bunday qo’shimchalarni mustaqil ravishda qabul qilish samarasiz yoki hatto xavfli bo’lishi ham mumkin.

Oxirgi yil davomida BIOGEN MED da 3 mingta mijoz tekshiruvdan o’tdi!


Qaysi ko’rsatkichlarni tekshirishni taklif qilamiz

D Vitaminga tahlil
1-2 ish kunlari
Uy/ofisga kelib-ketish xizmati mavjud
200 000 сум

Qanday tayyorgarlik ko’rish lozim?

Ertalab och qoringa, 8-12 soatlik ochlikdan keyin qon topshirish tavsiya etiladi. Tahlilni yengil ovqatdan keyin 4 soat o’tgach topshirishingiz mumkin. Tekshiruvda oldin yog’li ovqatlarni ratsiondan chiqarib tashlang. Yarim soat qolganida – chekmang.

D vitamini kuniga 7000 XB/kun dan ortiq dozada qabul qilishdan so’ng, agar davolovchi shifokor tomonidan boshqa narsa tavsiya etilmagan bo’lsa, preparatni qabul qilinganidan keyin uch kundan kechiktirmay 25 (OH) D ni aniqlash tavsiya etiladi.


Taklifdan qanday foydalanish mumkin?

O’zingizga qulay bo’lgan tibbiy ofisni tanlang
Ish vaqtini aniqlashtiring
Tahlillarni topshiring va natijalarni oling
Biogen MED tibbiyot klinikasi aksiyalarni o’tkazish shartlari va muddatlarini o’zgartirish huquqiga ega.
Chegirma
Oldin 31.12
Tadqiqot narxi:
170.000 сум
Umumiy narx:
170.000 сум
Biz doimo aloqadamiz

Batafsil ma’lumot uchun, bizga qo’ng’iroq qiling.
Savollarga javob berib, xizmatlar narxi haqida ham aytib o’tamiz.

+998 (71) 230-74-72
Bepul onlayn-maslahat
Bizning telegram botimizda
Yuqori