Neytrallashtiradigan IgG antijismlarini yopishqoq (S) oqsilga (RBD) SARS-CoV-2ni tahlil qilish, miqdoriy

BIOGEN MEDDA TAHLILI

Tekshirishni hozirgi yoki oldin kechib o’tilgan infeksiyaga qarshi immunitetning munosabatini baholash uchun o’tkazish tavsiya etiladi. Himoya antijismlar sonini bilib olish maqsadida tahlil emlashdan oldin buyuriladi. Shuningdek, emlangandan so’ng ham tahlil qilish zarur. 

Ta’rif

SARS-CoV-2 virusi qobig’ining tashqi yuzasini toj shaklida tikanlar qoplab olgan, buning natijasida u hujayra ichiga kira oladi. Ular ingliz tilidagi «Spike» so’zidan o’z nomini olgan bo’lib, s-oqsil tomonidan yaratilgan. S-protein ikkita birlikdan iborat: S1 va S2, ulardan S1 RBD domenini o’ziga birlashtirib oladigan retseptorga ega. U hujayra ichiga virusni kiritishning dastlabki bosqichi uchun bevosita javobgardir.

S-oqsilga qarshi antijismlar (RBD) «neytrallashtiruvchi» deb ataladi, chunki ular virusni inson hujayralariga kirib borishiga to’sqinlik qiladi. Ularning himoyasi tufayli inson nafaqat kasal bo’lib qolmaydi, balki boshqalarning salomatligini saqlash maqsadida virusni tarqalishiga ham to’sqinlik qiladi.

S-oqsiliga (RBD) qarshi IgG antijismlar sonini aniqlash nafaqat odamning kasal bo’lib qolgani yoki kasallik umuman yo’qligi haqida, balki orttirilgan immunitetning kuchi haqida ham ma’lumot berishi mumkin. SARS-CoV-2ga qarshi ko’plab vaksinalar s-oqsilga qarshi antijismlarni aniq maqsad qilib qo’ygan. Shuning uchun, bu tahlil emlanishga immun javob dinamikasini baholash uchun yordam beradi.

Testni emlangandan so’ng darhol topshirish tavsiya qilinmaydi, chunki immunitetning reaksiyasini emlanishning birinchi dozasida 42 kundan boshlab ko’rish mumkin, ikkinchi dozasida esa 2 haftadan so’ng.


Tekshiriladigan biomaterial

Venoz qon.

Aniqlash usuli

Immunoxemilyuminessent tahlil (IXLA). Laboratoriyamizning test tizimining o’ziga xos qobiliyati s – oqsilining tabiiy shaklini mukammal tarzda taqqoslaydigan to’liq o’lchamli stabillashgan yopishqoq (S) oqsilni uch o’lchamli shaklda qo’llashdir. Bu ham emlanishdan so’ng, ham kechib o’tilgan infeksiyadan keyin ham s-oqsilga qarshi barcha antijismlarning spektrini aniqlashda ko’maklashadi.


Tahlilni qanday topshirish va natijalarni olish mumkin?

Tahlilni laboratoriyamizda topshirish yoki uyga (ofisga) chaqiruv xizmatidan foydalanishingiz mumkin. Buning uchun, veb-saytda yoki ishonch telefon raqamimizga qo’ng’iroq qilib ariza qoldirishingiz kerak bo’ladi +998 (71) 230-74-72

Tahlil natijalari 1-2 kunlari ichida tayyor bo’ladi. Ularni bizning klinikamizda yoki telegram @Biogenmed_bot orqali bilib olishingiz mumkin.


Adabiyot:

  1. Yangi koronavirus infeksiyasining (COVID-19) oldini olish, tashxislash va davolash: vaqtinchalik metodik  ko’rsatmalar / 7. 03.06.2020 versiya. 
  2. Liu W., Liu L., Kou G., va boshqalar. SARS-CoV-2 ga qarshi antijismlarni aniqlash uchun nukleokapsid va boshoq oqsiliga asoslangan ELISA ning baholashi. // J Clin Microbiol, 2020. Vol. 58(6). P. e00461–20. doi:10.1128/JCM.00461-20.
  3. Koronavirus COVID-19 JSST saytida.
  4. Sinov tizimini ishlab chiqaruvchining materiallari.

Tahlilga tayyorgarlik

Tahlil qilish uchun maxsus tayyorgarlik talab qilinmaydi. Qon och qoringa yoki ovqatdan keyin 3 soat o’tgandan so’ng topshiriladi. Suvni odatiy rejimda iste’mol qilish mumkin. Qon olishdan 30 daqiqa oldin chekish tavsiya etilmaydi.

Tayinlashga ko’rsatmalar

  • Emlashdan oldin himoya antijismlari sonini aniqlash.
  • COVID-19 diagnostikasida qo’shimcha tekshiruvlar shaklida.
  • Boshidan o’tkazgan infeksiyani yoki SARS-CoV-2 kasalligining oxirgi bosqichini tasdiqlash.
  • COVID-19ga qarshi emlanishda immunitetning reaksiyasi dinamikasini nazorat qilish.

Natijalarni talqin qilish

Salbiy (negative) < 1,0 Au / ml – antijismlar aniqlanmagan.

Ijobiy (positive) > 1,0 Au / ml – antijismlar aniqlandi.

Laboratoriyamizda bitta tahlil doirasida antijismlarning miqdoriy ko’rsatkichi 0 dan 1000 tagacha (o’lchov birliklariga qarab) aniqlanadi. Shuni esda tutish kerakki, neytrallashtiruvchi antijismlarning soni uchun yagona norma yo’q. Bularning barchasi inson organizmiga va uning immunitetiga bog’liq. Tahlil natijalari bo’yicha aniqroq ma’lumot va izohlar faqat davolovchi shifokor tomonidan berilishi mumkin.

Natija «salbiy»

Bu shuni anglatadiki, S-oqsili RBD domeniga qarshi neytrallashtiruvchi IgG antijismlari aniqlanmagan yoki test tizimining sezgirligi uchun juda kam.

Bu quyidagilarni anglatishi ham mumkin:

  • oldin SARS-CoV-2 ning ta’siri yo’q edi;
  • infeksiya hozir boshlang’ich bosqichda yoki inkubatsiya davrida;
  • bemorning immunitet tizimi ishdan chiqqan va infeksiyadan tuzalish jarayoni immunitetda hech qanday o’zgarishlarsiz o’tdi yoki antijismlarning himoyasi susaygan.

Natija «ijobiy»

Bu ilgari boshdan kechirilgan infeksiya va immunitetning mavjudligidan darak beradi. Agar emlanishdan so’ng natija «ijobiy» bo’lsa, bu emlanishga javoban humoral immunitetning shakllanishidan darak beradi. 

Muhim! Hozirgi vaqtda SARS-CoV-2dan immun himoyasini aniq tasdiqlaydigan test tizimlari uchun ishlab chiqilgan xalqaro standartlar yoki chegaralari mavjud emas.

Tadqiqot
narxi:
180.000 сум
Umumiy
narx:
180.000 сум
1-2 ish kunlari
Uy/ofisga kelib-ketish xizmati mavjud
Ushbu tadqiqot bilan yana nima buyuriladi?
1-2 ish kunlari
Uy/ofisga kelib-ketish xizmati mavjud
130.000 сум
1-2 ish kunlari
Uy/ofisga kelib-ketish xizmati mavjud
500.000 сум
1-2 ish kunlari
Uy/ofisga kelib-ketish xizmati mavjud
250.000 сум
Ekspert toifasidagi uskunalar
Yevropa xizmat ko’rsatish darajasi
Malakali shifokorlar
Hamyonbop narxlar
Qisqa muddat ichida
Xalqaro sifat