Bir hujaraylilarni tahlil qilish
Najasning bir hujayralilarga tahlili ovqat hazm qilish traktida siklosporidiyalar, amyoba, lyambliya va kriptosporidiyalarni aniqlashga yordam beradi. Shifokorlar har doim parazitlar yuqishiga shubha bo’lganda ushbu tekshiruvni buyuradilar. Najasni bir hujayralilarga tekshirish bilan birgalikda ko’pincha gijjalarni tahlil qilish va oshqozon-ichak trakti tekshiruvi amalga oshiriladi. Bu butun klinik ko’rinishni hisobga olib, samarali davolanishni tanlash uchun mos bo’lgan ishonchli tashxis qo’yishga yordam beradi.
Tavsif
Bir hujayralilar – bu tashuvchi organizmdan foydali moddalarni o’zlashtirib oladigan parazitlar. Ba’zan ular hayoti davomida bir necha marotaba egalarini o’zgartiradilar. Masalan, avval parazit hayvonda yashagan bo’lsa, so’ngra inson tanasiga o’tadi. Tashuvchi organizmida bir hujayralilar rivojlanib, ko’payadi, bu esa insonning ahvolini yomonlashtirishi mumkin.
Bir hujayralilar tahlili odatda quyidagilarni aniqlash uchun o’tkaziladi:
- lyambliya;
- kriptosporidiyalar;
- amyoba;
- siklosporidiyalar.
Parazitlar inson tanasiga bir necha usul yordamida kiradi. Ko’plab insonlar bir hujayrali sistalarini qo’llarida qolgan kir zarralari bilan birga yutib yuboradilar. Shuningdek, parazitlar tozalanmagan suv bilan birga ichakka kiradi.
Bir hujayralilar tanaga kirgach, ichak devorlariga yopishib oladi. U yerda parazitlar oziq-ovqatd moddalari bilan oziqlanib, rivojlanadi va ko’payadi. Najas bilan birgalikda yuqtirilgan inson tanadan bir hujayrali sistalarini chiqarib tashlaydi va shu yo’l bilan infeksiyani tarqatadi.
Infeksiyani mustaqil ravishda aniqlab bo’lmaydi, chunki najas namunasini mikroskop orqali tekshiruvdan o’tkazish kerak. Parazitlarni faqat najasni bir hujayralilarga tahlil qilish orqali aniqlash mumkin.
Tekshiruv usuli
Mikroskopiya.
Tekshirish uchun material
Najas massasi.
Adabiyot
- Бугеро Н. В., Ильина Н. А., Аронова Е. Б. Роль копрологических исследований в диагностике патологии желудочно-кишечного тракта на фоне бластоцистной инвазии // Медико-фармацевтический журнал «Пульс», 2019. №10. С. 138–144.
- Бодня Е. И., Кадельник Л. А., Бодня И. П. и др. Гельминтозы и лямблиоз: оптимизация диагностики и лечения. Педиатрия // Восточная Европа, 2018. №2. С. 322–334.
- Trabelsi S., Aouinet A., Khaled S. Procedure and indications of stool examination in parasitology // La Tunisiemedicale, 2012. Vol. 90(6). P. 431–434.
Biomaterialni yig’ib olish uchun, najas ichakdan tabiiy ravishda chiqishi kerak. Shuning uchun, najasning bir hujayralilarga tahlilidan oldin uch kun davomida klizma, rektal shamlar va ichni suradigan vositalardan foydalanish mumkin emas. Shuningdek, najas massasining rangiga ta’sir qiluvchi dorilarni qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Biomaterial namunasi begona aralashmalar bilan aralashmaganligiga ishonch hosil qilish kerak: kimyoviy moddalar, siydik, jinsiy sekretsiya va suv. Buning uchun najasni faqat toza kleyonka, tuvak yoki polietilen paketdan olish kerak. Ushbu yuzalar namlikni tortmaydi.
Biomaterial yig’ib olinganidan so’ng, uni havo o’tkazmaydigan idishga solib, laboratoriyaga ikki soat ichida olib kelish muhimdir. Namuna qanchalik tez tekshiruvdan o’tkazilsa, natija shunchalik aniq bo’ladi.
Ba’zida shifokorlar bemorni nafaqat najasning bir hujayralilar tahliliga yuborishadi, balki najas massasini boshqa tekshiruvlarga ham yo’naltiradilar. Bunday holda namunalarni bir nechta havo o’tkazmaydigan idishlarga solish kerak bo’ladi.
Ushbu test quyidagi hollarda o’tkaziladi:
- agar parazitlar yuqtirib olinganiga shubxa qilinsa;
- parazitlarga qarshi terapiyani nazorat qilish uchun;
- profilaktik tekshiruvda;
- maktabga, bolalar bog’chasiga yoki sanatoriyga ma’lumotnoma olish uchun.
Hovuzga tashrif buyurishni istagan insonlar najasni bir hujayralilarga tekshirtirishi kerak. Infeksiyalangan inson bilan bitta suv havzasida cho’milish parazitlarning tanaga kirishiga olib kelishi mumkin.
Najasning bir hujayralilar testiga to’g’ri tayyorgarlik ko’rganda ham, uning natijasi har doim ham aniq tashxis qo’yishga yordam bermaydi. Faqatgina ijobiy natija chiqqanda, natija tasdiqlanishi talab etilmaydi. Tekshiruv oxirida najasda parazitlar aniqlanmasa, ko’pincha 5-7 kundan keyin qo’shimcha test buyuriladi. Bu noto’g’ri bo’lgan salbiy natijani istisno qilishga yordam beradi.
narxi:
narx: