SARS-CoV-2 koronavirusi uchun PZR testi, surtma

BIOGEN MEDDA TAHLILI

Sinov COVID-19 ning barcha ma’lum variantlarini, shu jumladan Omikron va Deltani aniqlab beradi.

Ta’rif

PZR diagnostikasi tanada virus mavjudligini aniqlash imkonini beradi. Usulning yuqori sezuvchanligi tanadagi yuqumli zarrachalarning kichik miqdori va kasallikning klinik belgilari yo’qligi bilan ham aniq natijani beradi. Bu asosiy savolga javob beradigan sifatli tahlil: inson yuqtirib olganmi yoki yo’qmi. Uning yordamida patogen bilan qancha vaqt oldin aloqada bo’lganligini, yuqumliligi darajasi qanday va kasallikning qaysi bosqichida ekanligini aniqlab bo’lmaydi.

PZRni universal test deb hisoblash mumkin. Asemptomatik bemorlarda infeksiyadan keyin 2 kundan 14 kungacha bo’lgan virus mavjudligini aniqlaydi va og’ir kasallikka chalinganlarda infeksiyadan keyin bir oy o’tgach ham ijobiy natija bo’lishi mumkin.

Infeksiyalangandan keyingi SARS-CoV-2ning RNK/antigeni, IgM va IgG darajasidagi o’zgarishlar grafigi.

Aniqlik darajasi yuqori bo’lganligi tufayli chet elga ketish/chiqish uchun PZR testi talab qilinadi va boshqa testlar to’g’ri kelmaydi.

Chet elga ketish maqsadida PZR testini ro’yxatdan o’tkazish uchun siz xorijga chiqish pasportini taqdim etishingiz kerak bo’ladi. PZR testiga fuqarolik pasporti yoki shaxsiy guvohnoma sayohat uchun yetarli emas.

QR kodini olish

KOVID uchun PZR testidan o’tganingizdan so’ng, natijalar bilan birga siz rus va ingliz tillarida test natijasini tasdiqlovchi rasmiy davlat blankasini va mamlakatni tark etish uchun zarur bo’lgan QR kodni olasiz.

Rasmiy shaklga misol

Rasmiy davlat QR kodi UZINFOCOM.UZ rasmiy veb-saytida to’liq ismingiz bilan test natijalariga kiritiladi.
Tahlil natijasini bevosita tibbiyot idoralarida yoki Telegram @Biogenmed_bot orqali olishingiz mumkin.

Tekshiriladigan biomaterial

Nazofarenks va orofarenksning shilliq qavatidan surtma.

Aniqlash usuli

Real vaqtda polimer zanjirli reaksiya.

Koronavirus uchun PZR testining afzalliklari:

  • yuqori tahlil aniqligi – 99% (sinov tizimining sezgirligi va ichki nazoratiga qarab);
  • virusning RNKsini aniqlash, unga qarshi antijismlarni emas;
  • infektsiyani yuqtirib olgandan keyingi birinchi kunlarda aniqlash imkonini beradi;
  • tezkor natijalarni olish.

Tahlilni qanday topshirish va natijani olish kerak?

Tahlilni laboratoriyamizda topshirish yoki uyga/ofisga kelib ketish xizmatidan foydalanish mumkin. Buning uchun +998 (71) 230-74-72 raqamiga murojaat qilishingiz kerak. Tahlil natijasini to’g’ridan-to’g’ri tibbiy idoralarda yoki telegrammda @Biogened_bot orqali olishingiz mumkin.

Agar soat 15:00 gacha tahlil topshirilsa, natija o’sha kuni soat 22:00 DAN KEYIN tayyor bo’ladi. Agar soat 15:00 dan keyin topshirilsa, natija ertasi kuni soat 18:00 DAN KEYIN tayyor bo’ladi.
  • Jarayondan 3 soat oldin quyidagilarni bajarish mumkin emas: ovqat iste’mol qilish, ichish, tishlarni yuvish, og’iz/tomoqni chayish, og’iz bo’shlig’i uchun spreydan foydalanish, saqich chaynash, chekish, burunni yuvish, burun uchun mo’ljallangan sprey, tomchilar va malhamlarni ishlatish.
  • Agar burunda shilliq to’plangan bo’lsa, tahlil qilishdan oldin burunni qoqish tavsiya etiladi.
  • Biologik materialdan namuna olish nazofarenksda dori vositalari yoki diagnostika muolajalarini qo’llashdan oldin amalga oshiriladi.
  • Asemptomatik tashuvchilar/infeksiyalangan shaxslarni aniqlash maqsadida SARS-CoV-2 infeksiyasining yo’qligi yoki mavjudligini aniqlash.
  • COVID-19 bemorlari yoki SARS-CoV-2 tashxisi tasdiqlangan bemorlar bilan aloqada bo’lish.
  • Differensial tashxis uchun ORVI va pnevmoniya belgilari.
  • Kasalxonaga yotqizish.
  • Ommaviy tadbirlarda qatnashish.
  • Xalqaro reyslar (qonun talabiga binoan).

Tahlil amal qiladi: test natijasi va elektron QR kodini taqdim etish zarur bo’lgan mamlakat bo’ylab harakatlanish uchun; mehmonxonalarga joylashish uchun; boshqa tashkilotlar uchun (talab qilinadigan joyda).

Natija ijobiy yoki salbiy: virus aniqlandi yoki aniqlanmadi.

«Aniqlandi» – surtmada SARS-CoV-2 ning o’ziga xos bo’lagi mavjudligini bildiradi. O’z-o’zini izolyatsiya qilish shartlariga rioya qilish kerak va sog’lig’i yomonlashganda tibbiy yordamga murojaat qilish zarur. 

«Aniqlanmadi» – virus aniqlanmaganligini bildiradi. 97% hollarda bu inson kasal emasligini va koronavirus infeksiyasini boshdan kechirmaganiligini ko’rsatadi. Biroq, agarda tahlilga tayyorgarlik ko’rish shartlari buzilgan bo’lsa yoki test o’z vaqtida o’tkazilmagan bo’lsa, soxta salbiy natija bo’lishi ham mumkin.

Adabiyot

  1. Krammer F. SARS-CoV-2 vaccines in development. Nature, 2020, 586(7380):516-527. doi:10.1038/s41586-020-2798-3.
  2. Poh CM, Carissimo G, Wang B et al. Two linear epitopes on theSARS-CoV-2 spike protein that elicit neutralising antibodies in COVID-19 patients. Nat Commun, 2020,11(1):2806. doi:10.1038/s41467-020-16638-2.
  3. Amanat F, Stadlbauer D, Strohmeier S et al. A serological assay to detect SARS-CoV-2 seroconversion in humans. Nat Med, 2020, 26(7):1033-1036. doi:10.1038/s41591-020-0913-5.
Tadqiqot
narxi:
250.000 сум
Umumiy
narx:
250.000 сум
1-2 ish kunlari
Uy/ofisga kelib-ketish xizmati mavjud
Ushbu tadqiqot bilan yana nima buyuriladi?
1-2 ish kunlari
Uy/ofisga kelib-ketish xizmati mavjud
160.000 сум
1-2 ish kunlari
Uy/ofisga kelib-ketish xizmati mavjud
160.000 сум
Yeropa xizmat ko'rsatish darajasi
Biz faqat ilmiy jihatdan tasdiqlangan diagnostika va terapiya usullarini qo'llaymiz, har bir bemor uchun xalqaro klinik protokollarga muvofiq individual dasturni ishlab chiqamiz.
Tajribali shifokorlar
Bizning mutaxassislarimiz orasida CDC (AQSh) rezidenturasini tugatgan, Osiyo va Yevropaning yetakchi klinikalarida amaliyot o'tagan yuqori toifadagi shifokorlar, ilmiy nashrlar mualliflari bor.
Arzon narxlar
BIOGEN MED da siz har doim xizmatlarning narxini oldindan bilasiz — biz keraksiz uchrashuvlarsiz faqat kerakli tahlillar va protseduralarni tayinlaymiz.
Qisqa muddat ichida
Tez, qulay, onlayn! Tahlil natijalarini yetkazib berish kunida qulay BIOGEN MED Telegram boti orqali olishingiz mumkin.
Xalqaro sifat
Biz qat'iy xalqaro standartlarga muvofiq ishlaymiz: laboratoriya tadqiqotlari RIQAS (Buyuk Britaniya) va EQAS (AQSh) tomonidan sertifikatlangan va davolash protokollari yetakchi tashkilotlarning tavsiyalariga amal qiladi.
Jamg‘arma kartasi
Har qanday xizmatdan 3-10% keshbek oling va «Faol uzoq umr ko‘rish» holatida 20% gacha chegirma bilan davolanish to‘lovlari uchun ishlatish mumkin bo‘lgan ballarni to‘plang.