SARS‑CoV-2 koronavirus IgG antijismlar testi, miqdoriy

BIOGEN MEDDA TAHLILI

Ushbu laboratoriya testi SARS-CoV-2 virusining nukleokapsid oqsili, (N) IgG toifadagi antijismlarni tahlil qiladi.

Hozirda yoki oldin koronavirus infeksiyasiga chalingan insonlarning immunitetini baholash maqsadida IgG toifadagi antijismlarning mavjudligiga test o’tkaziladi. Test hozirgi vaqtda Covid-19 diagnostikasi uchun mos kelmaydi, tahlil faqat o’tgan koronavirus infeksiyasi faktini ko’rsatadi, bu esa himoya antijismlarini ishlab chiqarishga olib kelgan. Bunday testlar infeksiyadan keyin 2 hafta o’tganda (va virus o’pkaga tushganda) kasalliklarni aniqlashga yordam beradi.

Tavsif

IgG immunoglobulinlari – immunitet tizimining tanada infeksiya rivojlanishiga javoban ishlab chiqaradigan himoya oqsillaridir (antikorlar). IgG antijismlari oz miqdorda infeksiyadan taxminan 3-4 hafta o’tgach qonda paydo bo’ladi. Keyin ularning soni ortadi va 3 oydan 6 oygacha (va ba’zan ko’proq) qonda saqlanadi, ya’ni himoya rolini bajaradi.

Miqdoriy IgG testi bemor COVID-19 kasalligini boshidan kechirganligi va uning organizmi infeksiyaga javoban immuniteti qanday natija berishi, ya’ni organizmni qayta infeksiyadan himoyalaydigan koronavirusga qarshi uzoq muddatli immunitet hosil bo’lganligini ko’rsatadi.

SARS-CoV-2 virusining nukleokapsid oqsilida (N) antijismlar faqat kasallikdan so’ng ishlab chiqariladi, emlanish nukleokapsid oqsilida antijismlarni ishlab chiqarilishini qo’zg’atmaydi, shuning uchun bu tahlil usuli emlashdan keyin immunitet holatini baholashda ishlatilmaydi.


Tekshiriladigan biomaterial

Venoz qon.

Tekshirish usuli

Qon zardobidagi o’ziga xos antikorlarni sifat va miqdoriy aniqlash uchun mikrozarrachalar bo’yicha immunoxemilyuminessent (IXLA) tahlili. Ushbu usulning afzalligi – yuqori aniqlik va sezgirligidir (90% dan ortiq). Tahlil to’liq avtomatlashtirilgan tizim tomonidan amalga oshiriladi, bu xatolar va inson omilini minimallashtiradi.


Tahlilni qanday topshirish va natijani olish mumkin?

Tahlilni laboratoriyamizda topshirish yoki uyga (ofisga) chaqiruv xizmatidan foydalanishingiz mumkin. Buning uchun, veb-saytda yoki ishonch telefon raqamimizga qo’ng’iroq qilib ariza qoldirishingiz kerak bo’ladi +998 (71) 230-74-72.  

Tahlil natijalari 1-2 ish kunlari davomida tayyor bo’ladi. Ularni klinika yoki telegram @Biogenmed_bot orqali olishingiz mumkin.


  • Qon ertalab och qoringa topshiriladi. Oxirgi ovqatlanish vaqti tahlildan kamida 8 soat oldin bo’lishi kerak. Suvni odatdagidek iste’mol qilishingiz mumkin.
  • Tahlildan oldin 24 soat davomida spirtli ichimliklar, og’ir jismoniy faoliyat, yog’li ovqatlar va dori-darmonlarni istisno qilish tavsiya etiladi, davolovchi shifokor bilan oldindan kelishilgan hollar bundan mustasno.
  • Tahlildan 1-2 soat oldin chekish, jismoniy va emotsional stress holatiga tushish umuman mumkin emas.
  • Fizioterapiya muolajalari yoki instrumental tekshiruvlardan so’ng darhol tahlil qilish uchun qon topshirish mumkin emas.

Muhim: agar vaqt o’tishi bilan natijalarni baholash va taqqoslash kerak bo’lsa, unda qayta tahlil o’sha sharoitlarda, o’sha laboratoriyada, bir vaqtning o’zida amalga oshirilishi kerak.

  • Tuzalgan shaxslarni, shu jumladan asemptomatik yoki PZR test natijasi salbiy bo’lganlarni aniqlash.
  • Alomatlari boʻyicha COVID-19 ga oʻxshash kasalliklarning differentsial diagnostikasi. 
  • SARS-CoV-19 sabab bo’lgan COVID-19 kasalligining kechib o’tilgan yoki so’ngi bosqichida (tuzalish) bo’lgan tananing immunitet reaksiyasini baholash uchun.
  • Bemorning immunitet holatini SARS-CoV-2 tomonidan qo’zg’atilgan infektsiyaning yordamchi diagnostikasi sifatida, boshqa laboratoriya sinovlari natijalari va klinik ko’rinish bilan baholash.

Test natijalari: salbiy < 1,0 — negative (antijismlar aniqlanmadi), ijobiy > 1,0 — positive (antijismlar aniqlandi).

Shuni esda tutish kerakki, «SARS-CoV-2» tashxisini faqat shifokor klinik ma’lumotlarga, bemorning tarixi va test natijalariga asoslanib qo’yishi mumkin.

Natija – «salbiy»

  • Siz koronavirus infektsiyasini boshdan kechirmagansiz va unga qarshi immunitetingiz yo’q.
  • Siz kasallikning dastlabki bosqichidasiz va antijismlar hali shakllanmagan yoki ularning titrini hali ham aniqlab olish qiyin. Ehtimol, bu inkubatsiya davri. 
  • Kasal bo’lganingizga ancha vaqt bo’ldi (immunitetga qarab 3-5 oydan ortiq) va sizda infeksiyaga qarshi immunitet yo’q.

Natija – «ijobiy»

  • Siz kasallikning faol bosqichidasiz va tana immun oqsillarni — IgG antijismlarni ishlab chiqarayapti. Virusning tarqalishi davom etar ekan, virusni boshqalarga yuqtirishingiz mumkin.
  • Siz allaqachon kasallikning keyingi bosqichidasiz yoki tuzalib ketayapsiz va boshqalarga infeksiya xavfini tug’dirmaysiz.
  • Siz oldin koronavirusga duch kelgansiz va infeksiyaga qarshi immunitet shakllangan.

COVID-19 antijismlarini aniqlash uchun testlarni o’tkazishda boshqa antijismlar (boshqa mikroorganizmlar yoki inson koronaviruslari) yoki homiladorlik va otoimmun kasalliklar kabi holatlarning biologik belgilari bilan o’zaro reaksiya bo’lishi mumkin. Bu soxta ijobiy natijalarga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda shifokor tomonidan belgilangan qo’shimcha tahlillar kerak bo’ladi.

Adabiyot

  1. Chen B, Tian E-K, He B et al. Overview of lethal human coronaviruses. Signal Transduct Target Ther, 2020, 5(1):89. doi:10.1038/s41392-020-0190-2.
  2. Folegatti PM, Ewer KJ, Aley PK et al. Safety and immunogenicity of the ChAdOx1 nCoV-19 vaccine against SARS-CoV-2: a preliminaryreport of a phase 1/2, single-blind, randomised controlled trial. Lancet, 2020, 396(10249):467-478. doi:10.1016/S0140-6736(20)31604-4.
  3. Krammer F. SARS-CoV-2 vaccines in development. Nature, 2020, 586(7380):516-527. doi:10.1038/s41586-020-2798-3.
Tadqiqot
narxi:
160.000 сум
Umumiy
narx:
160.000 сум
1-2 ish kunlari
Uy/ofisga kelib-ketish xizmati mavjud
Ushbu tadqiqot bilan yana nima buyuriladi?
1-2 ish kunlari
Uy/ofisga kelib-ketish xizmati mavjud
130.000 сум
1-2 ish kunlari
Uy/ofisga kelib-ketish xizmati mavjud
250.000 сум
Ekspert toifasidagi uskunalar
Yevropa xizmat ko’rsatish darajasi
Malakali shifokorlar
Hamyonbop narxlar
Qisqa muddat ichida
Xalqaro sifat