AST tahlili

BIOGEN MEDDA TAHLILI

AST qon tahlili sizga jigar patologiyasini va yurak xurujini tashxislash, terapiya samaradorligini aniqlashda yordam beradi. Yurak mushaklari yoki jigar to’qimalari shikastlanganda qon tarkibida aspartataminotransferazaning miqdori ko’payadi. Uning konsentrasiyasiga ko’ra, shifokorlar bemorning ahvolini aniqlaydilar. AST tahlili ko’pincha biokimyoviy qon tahlili o’tkazilganda (organlarning faoliyatini har tomonlama baholash) buyuriladi.

Ta’rif

Aspartataminotransferaza (glutamin-oksaloatsetik transaminaza, AST) yurak mushaklari va jigar hujayralaridagi ferment hisoblanadi. Kichik miqdordagi AST buyraklar, oshqozon osti bezi, skelet mushaklari va miyada aniqlangan.

Agar AST tahlili ferment darajasi ortib borayotganini ko’rsatsa, jigar yoki yurak bilan bog’liq muammo borligini bildiradi. AST konsentrasiyasining biroz oshishi odatda miyokard va jigar hujayralarining o’rtacha shikastlanishi tufayli yuzaga keladi. O’tkir yurak yetishmovchiligi va infark bo’lgan bemorlarda aspartataminotransferaza darajasi ko’p marta ortadi. Ushbu patologiyalarni o’z vaqtida aniqlash muhim ahamiyatga ega. Shifokor AST miqdorini tekshirishni tayinlaganida, bu ko’rikdan imkon qadar tezroq o’tish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, AST tahlilining narxi past va har kim ushbu ko’rikdan o’tishi mumkin.


Tekshirish usuli

Shifokorlar UV kinetik testini o’tkazadilar.


Tahlil materiali

Venadan qon.


AST ga tahlil bilan birga yana qanday testlar buyuriladi?

Bemorning ahvolini yaxshiroq baholash va shikastlangan organni aniqlash uchun shifokorlar ko’pincha qo’shimcha testlarni o’tkazadilar:

  • bilirubinga;
  • alaninaminotransferazaga (ALT);
  • ishqoriy fosfatazaga;
  • albuminga;
  • umumiy proteinga.
Jigarning o’tkir shikastlanishida AST darajasi kasallikning 7-dan 12-kuniga qadar juda ko’p ortadi. Agar davolash jarayoni muvaffaqiyatli bo’lib, organizm tiklansa, ferment faolligi 3-5 haftagacha normal holatga qaytadi.
Yurak xurujida qondagi AST darajasi xurujdan 6-8 soat o’tgach keskin ko’tariladi. Fermentning maksimal konsentrasiyasiga taxminan bir kun ichida erishiladi.
Yurak xuruji va jigar shikastlanishida kasallikning darajasi va prognozini aniqlashtirish maqsadida AST darajasining o’zgarish dinamikasini kuzatish muhimdir. Takroriy testlar birinchi tahlil o’tkazilgan vaqtda amalga oshirilishi kerak.

Adabiyot

  1. Ivashkin V. T., Mayevskaya M. V., Pavlov Ch. S. va boshqalar. Jigarni o’rganish bo’yicha Rossiya jamiyatining spirtli jigar kasaligiga chalingan katta bemorlarni joylashtirish bo’yicha klinik tavsiyalar // Rossiya gastroenterologiya, gepatologiya, koloproktologiya jurnali, 2017. V. 27 (6). 20 – 40 bet.
  2. Shiff Y.R., Sorrel M.F., Meddrey U.S. Gepatologiyaga kirish / V. T. Ivashkina, A. O. Buyeverov, M. V. Mayevskaya tomonidan tahrirlangan. M., 2011.
  3. Kasbiy jigar kasalliklarini boshqarish bo’yicha Kolombo M. EASL klinik amaliyot ko’rsatmalari // Liver Int., 2020. 40(1) jild. 136–141 bet. doi:10.1111/liv.14349.
  4. Nyusom P., Kremb R., Devison S. va boshqalar. Jigarda g’ayritabiiy qon tahlillarini olib borish bo’yicha tavsiyalar // Gut, 2018. 67 jild. 6-19 bet. doi:10.1136/gutjnl-2017-314924.

Tahlil qilishdan oldin kamida 5-6 kun davomida spirtli ichimliklarni iste’mol qilmaslik kerak. Qon tarkibida uning miqdori qanchalik yuqori bo’lsa, testning aniqligi shunchalik past bo’ladi.

AST tahlili och qoringa topshiriladi. Oxirgi ovqatlanishda yog’li va og’ir ovqatlardan voz kechish tavsiya etiladi. Tahlil o’tkazishdan 12 soat oldin ovqatlanishni to’xtatish to’g’ri hisoblanadi, lekin ba’zida davolovchi shifokor istisno tariqasida ovqatlanmaslik (ochlik) muddatini 4-6 soatgacha qisqartirishga ruxsat beradi. Buning ehtimoli bemorning ahvoliga bog’liq.

Ochlik paytida, gazsiz suvdan tashqari, sharbatlar, sut va boshqa ichimliklardan voz kechish lozim.

Shuningdek, testning aniqligiga hissiy va jismoniy nagruzka ta’sir qiladi. Tekshirishdan 30-60 daqiqa oldin yugurish, zinadan tez ko’tarilish va stressli holatlar man etiladi. Tahlil qilishdan oldin butunlay tinchlanish uchun kamida 15 daqiqa bir joyda o’tirib, sekin nafas olish tavsiya etiladi. Bu AST darajasini normallashtiradi va testning aniqligini oshiradi.

Ko’pincha surunkali yoki o’tkir jigar patologiyalarini aniqlash uchun AST tahlili o’tkaziladi. Faqat shifokor aniq tashxis qo’yishi mumkin. Biroq, bemorlarga jigar shikastlanishini ko’rsatadigan asosiy simptomlarni bilish foydalidir:

  • siydikning rangi o’zgarishi;
  • teri yoki ko’z oqsillarining sarg’ayishi;
  • qorinda dam bo’lganda;
  • doimiy xolsizlik;
  • terining qichishi;
  • najasning rangi o’zgarishi;
  • ishtaha yo’qolishi;
  • uyquchilik;
  • oyoqlar va tananing boshqa qismlarining shishishi;
  • semirishsiz qorinni kattarishi.

Ushbu belgilar paydo bo’lganda, o’z vaqtida shifokor bilan maslahatlashish muhimdir. Agar jigar patologiyasidan shubha qilinsa, u AST ga tahlil va qo’shimcha tekshirishlarni buyurishi mumkin. Masalan, ferritinga.

AST darajasini tekshirishi nafaqat jigar patologiyalari xavfi ostida amalga oshiriladi. Ushbu tekshiruv skelet mushaklari shikastlanishi, miyokard infarkti va boshqa yurak kasalliklarini aniqlashga yordam beradi.

AST tahlili quyidagi tashxis qo’yilgan bemorlarga tayinlanadi:

  • surunkali yoki o’tkir shakldagi gepatit;
  • alkogolizm;
  • jigar patologiyalariga irsiy moyillik;
  • ortiqcha vazn;
  • qandli diabet;
  • yurak xuruji yoki unga shubha.

Bundan tashqari, ushbu test ko’pincha gepatotoksik dorilarni qabul qiladigan insonlarga buyuriladi.

Shifokorlar jigar kasalligini davolashda terapiya samaradorligini baholash uchun aspartataminotransferaza darajasini muntazam ravishda tekshirib turadilar. Shuning uchun bemorlar uchun tekshirishga to’g’ri tayyorgarlik ko’rish juda muhimdir. Bu tahlil natijalarining aniqligini oshiradi va patologiyalarni davolash jarayonini tezlashtiradi.

AST tahlilining normasi yoshga qarab o’zgaradi:

  • 1 yilgacha: < 58 birlik /l;
  • 1-4 yosh: < 59 birlik /l;
  • 4-7 yosh: < 48 birlik /l;
  • 7-13 yosh: < 44 birlik /l;
  • 13-18 yosh: < 39 birlik /l.

Kattalar uchun aspartataminotransferaza konsentrasiyasi ham jinsga bog’liq:

  • erkaklar < 40 birlik/l;
  • ayollar < 32 birlik /l.
Tadqiqot
narxi:
50.000 сум
Qon namunasi olish
+ 25.000 сум
Umumiy
narx:
75.000 сум
1-2 ish kunlari
Uy/ofisga kelib-ketish xizmati mavjud
Ushbu tadqiqot bilan yana nima buyuriladi?
1-2 ish kunlari
Uy/ofisga kelib-ketish xizmati mavjud
165.000 сум
1-2 ish kunlari
Uy/ofisga kelib-ketish xizmati mavjud
50.000 сум
1-2 ish kunlari
Uy/ofisga kelib-ketish xizmati mavjud
55.000 сум
1-2 ish kunlari
Uy/ofisga kelib-ketish xizmati mavjud
55.000 сум
1-2 ish kunlari
Uy/ofisga kelib-ketish xizmati mavjud
55.000 сум
1-2 ish kunlari
Uy/ofisga kelib-ketish xizmati mavjud
55.000 сум
Yeropa xizmat ko'rsatish darajasi
Biz faqat ilmiy jihatdan tasdiqlangan diagnostika va terapiya usullarini qo'llaymiz, har bir bemor uchun xalqaro klinik protokollarga muvofiq individual dasturni ishlab chiqamiz.
Tajribali shifokorlar
Bizning mutaxassislarimiz orasida CDC (AQSh) rezidenturasini tugatgan, Osiyo va Yevropaning yetakchi klinikalarida amaliyot o'tagan yuqori toifadagi shifokorlar, ilmiy nashrlar mualliflari bor.
Arzon narxlar
BIOGEN MED da siz har doim xizmatlarning narxini oldindan bilasiz — biz keraksiz uchrashuvlarsiz faqat kerakli tahlillar va protseduralarni tayinlaymiz.
Qisqa muddat ichida
Tez, qulay, onlayn! Tahlil natijalarini yetkazib berish kunida qulay BIOGEN MED Telegram boti orqali olishingiz mumkin.
Xalqaro sifat
Biz qat'iy xalqaro standartlarga muvofiq ishlaymiz: laboratoriya tadqiqotlari RIQAS (Buyuk Britaniya) va EQAS (AQSh) tomonidan sertifikatlangan va davolash protokollari yetakchi tashkilotlarning tavsiyalariga amal qiladi.
Jamg‘arma kartasi
Har qanday xizmatdan 3-10% keshbek oling va «Faol uzoq umr ko‘rish» holatida 20% gacha chegirma bilan davolanish to‘lovlari uchun ishlatish mumkin bo‘lgan ballarni to‘plang.