Revmatik testlar tahlili

BIOGEN MEDDA TAHLILI

Revmoprobalar uchun tahlil immunitet tizimining patologiyalarini va yallig’lanish jarayonlarini aniqlashga yordam beradi. Ushbu test bemorlarni autoimmun kasalliklarga tekshirish uchun o’tkaziladi: Shogren sindromi, revmatoid artrit va boshqalar. Shifokorlar ushbu kasalliklarni davolashganda, terapiya samaradorligini baholashda revmatizm uchun qon tahlilini o’tkazadilar. Agar artritning kompleks diagnostikasi doirasida revmatik omil testi o’tkazilsa, ko’pincha u bilan birga C-reaktiv oqsil CRO o’lchanadi.

Revmatoid omilni tahlil qilish narxi hatto shoshilinch tekshiruvga buyurtma berilsa ham arzon bo’ladi. Shuning uchun, har kim ushbu testga yozilishi mumkin.

Tavsif

Parazitlar, bakteriyalar va viruslar bilan kurashish uchun immunitet tizimi maxsus antijismlarni ishlab chiqaradi. Biroq, ular har doim ham tananing o’zi uchun xavfsiz emas. Tana normal hujayralarga hujum qiladigan antijismlarni hosil qilganda, bu antijismlar autoimmun deb ataladi. Revmatoid omil – bu autoimmun antijismlarning bir turi.

Agar revmatizm uchun tahlil qonda revmatoid omil mavjudligini ko’rsatsa, bu autoimmun yoki yallig’lanish jarayonlarining belgisidir.

Autoimmun antijismlar nafaqat normal tana hujayralariga hujum qiladi, balki immunitet tizimining boshqa qismlariga ham ta’sir ko’rsatadi. Masalan, G immunoglobulinlarga. Natijada qon tomirlari va bo’g’imlarning devorlarini shikastlashi mumkin bo’lgan aylanma immun komplekslari paydo bo’ladi. Revmatizm uchun o’z vaqtida qon tekshiruvidan o’tish asoratlar xavfini kamaytiradi.

Ko’pgina sog’lom imsonlarning revmatoid omil darajasi normadan oshmaydi. Agar antijismlar ko’rsatkichi oshsa, bu odatda revmatoid artritni anglatadi. Bu odatda oyoq va qo’llarning bo’g’imlariga ta’sir qiluvchi surunkali autoimmun patologiya deb ataladi.

Ushbu kasallik quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi:

  • tez charchash;
  • bo’g’imlardagi og’riq;
  • ishtahaning pasayishi;
  • bo’g’imlarda shish;
  • ozish;
  • vaqti-vaqti bilan isitma;
  • ertalab bo’g’imlarda qattiqlik;
  • og’iz va ko’zlarning quruqligi;
  • yomon ishtaha;
  • zaiflik.

Ushbu belgilar paydo bo’lishi bilanoq, revmatoid omil uchun qon tahlilini o’tkazish tavsiya etiladi. O’z vaqtida davolanmasa, patologiya quyidagi asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin: buyrak yetishmovchiligi, yurak kasalligi va o’pkaning shikastlanishi.

Deyarli barcha bemorlarda revmatoid artrit autoimmun antijismlarning konsentrasiyasining oshishi tufayli yuzaga keladi. Ushbu kasallikka chalingan insonlarning 25% revmatoid omilning past darajasini saqlab qoladi. Kasallikning bu shakli seronegativ deb ataladi. Asosan, bu kasallik irsiy moyillik tufayli rivojlanadi.

Revmatoid omilni tahlil qilish nafaqat artritni, balki Shogren sindromini ham aniqlashga yordam beradi. Bu yana bir surunkali autoimmun patologiya. Biroq, bu bo’g’imlarga emas, balki ko’z yosh va so’lak bezlariga ta’sir qiladi. Natijada, bemorlarda ko’z yosh va so’lak ishlab chiqarilishi yomonlashadi. Odatda bu quyidagi alomatlarga olib keladi:

  • ko’zlardagi quruqlik;
  • ovqatni yutish bilan bog’liq muammolar;
  • so’lak ishlab chiqarish faoliyatining buzulishi;
  • ko’zlardagi og’riq;
  • teri quruqligi.

Ushbu belgilar paydo bo’lganda, revmatik omil uchun tahlil o’tkazish tavsiya etiladi. Agar patologiyaga qarshi kurashishni o’z vaqtida boshlamasa, bemorda quyidagi asoratlar paydo bo’lishi mumkin: ikkilamchi infeksiyalar, onkologik patologiyalar, vaskulit.

Ba’zida revmatoid omil boshqa kasalliklarga olib kelishi mumkin:

  • sifilis;
  • endokardit;
  • sil kasalligi;
  • yuqumli mononukleoz;
  • sarkoidoz;
  • tizimli qizil ‘volchanka’ (teri silining bir turi);
  • jigarning yallig’lanish patologiyalari;
  • ko’p miqdordagi miyeloma;
  • leykemiya (oq qon kasalligi).        

Revmatoid omilning ko’payishi sabablari ko’p bo’lgani uchun, shifokor ko’pincha boshqa testlar bilan birga autoimmun antijismlarni ham tekshiradi. Bu tashxisni aniqlashtirishga imkon beradi. Hozirgi kunda ushbu tekshiruvni har kim buyurtma qilishi mumkin, chunki revmatik omil tahlilining narxi arzon.


Tekshiruv usuli

Immunoturbidimetrik tahlil.

Tekshirish uchun material

Venadan qon. Qon namunasini olish bir necha daqiqada amalga oshiriladi va uning natijasi odatda 1-2 kun ichida tayyor bo’ladi.


Revmatoid omil tahlili bilan birga qanday testlar o’tkaziladi?

Olingan natijani aniqlashtirish va bemorning to’liq klinik ko’rinishini tuzish uchun revmatizm uchun qon tahlili bilan birga quyidagilar buyuriladi:

  • antiperinuklear omil;
  • SSP (siklga oid sitrulin peptid) antijismlari;
  • leykositar formulasi yordamida klinik tahlil;
  • antikeratin antijismlari;
  • Revmatoid omilning AJ (antijismlari).

Keng qamrovli tekshiruv doirasida ushbu testlar tashxisni tasdiqlash va davolashning eng samarali usulini tanlashni osonlashtiradi.

Insonda revmatoid artrit xavfi qanchalik yuqori bo’lsa, shunchalik shifokorlar tez-tez qo’shimcha testlarni buyuradilar. Tekshiruvlar revmatoid omili oshgan bemorda artrit ehtimolini istisno qilganda, uni autoimmun antijismlarning ko’payishi sababini aniqlash uchun boshqa testlarga yuborishadi.

Revmatik omil uchun tahlil narxi

O’z-o’zidan, bu tekshiruv narxi unchalik qimmat emas. Shuning uchun, hatto shoshilinch testni ham kim uchun hamyonbop va kerak bo’lganda ko’p marta takrorlanishi mumkin. Shunga qaramay, revmatoid omil tekshiruvi bilan bir qatorda boshqa testlar ham buyurilishini yodda tutish kerak. To’g’ri tashxis olishning to’lovni hisoblash uchun ularning umumiy qiymatini hisobga olish kerak.


Adabiyot

  1. Chaltsev B. D., Vasilev V. I., Palshina S. G. va boshqalar. Schörgen kasalligini antitsentromerik antikorlar bilan tashxislash va davolash bo’yicha klinik ko’rsatmalar // Ilmiy va amaliy revmatologiya, 2019 yil.
  2. Croia C., Bursi R., Sutera D. va boshqalar. Ko’rib chiqishda bir yil 2019: revmatoid artrit patogenezi. Revmatologiya bo’yicha klinik tajriba, 2019 yil.
  3. Gershvin M.E., Meroni PL, Shoenfeld Y. Autoantikorlar 2-nashr./ Elsevier Science – 2006. 862 p.
  4. Shoenfeld Y., Cervera R., Gershvin M.E. Otoimmün kasalliklarda diagnostika mezonlari / Humana Press – 2008. 598 p.
  5. Nasonov E.L., Aleksandrova E.N. – revmatik kasalliklarni laboratoriya diagnostikasining zamonaviy standartlari. Klinik ko’rsatmalar. – BHM, M – 2006 yil.

Testning natijasi buzulishi xavfini kamaytirish uchun shifokor tavsiyalariga amal qilish muhimdir. Tekshiruvdan bir kun oldin og’ir jismoniy zo’riqishlardan va hatto zaif spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan voz kechish kerak. Tahlil och qoringa topshiriladi. Testdan oldin oxirgi ovqatlanishda yengil, kam yog’li ovqatlar bilan cheklanish tavsiya etiladi. Misol uchun, sabzavotlar, kasha yoki qaynatilgan tovuqni iste’mol qilish mumkin.

Oxirgi ovqatlanishdan revmatik omil uchun qon tahliliga qadar kamida sakkiz soat o’tishi kerak. Bu davrda faqat gazsiz suv ichish mumkin. Qahva, choy, sharbatlar va boshqa ichimliklar taqiqlanadi.

Tekshiruv kuni stress holatda bo’lmaslik va chekmaslik kerak. Jismoniy faoliyat qon parametrlariga ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun testdan 2 soat oldin bemorlarga yugurish yoki zinapoyadan tez ko’tarilish taqiqlanadi.

Qon xususiyatlarining optimal ko’rsatkichga qaytishi uchun tahlildan kamida 15 daqiqa oldin laboratoriyaga kelish tavsiya etiladi. Agar bemor chuqur nafas olib, hotirjam o’tirsa, bu tekshiruvning aniqligini oshiradi.

Revmatoid omilni tekshirishdan oldin, shifokor bilan maslahatlashish muhim. Ko’pgina dorilar va foydali moddalar komplekslari qonning xususiyatlariga ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun shifokorga bemor qabul qilayotgan barcha dorilar haqida aytish lozim. Shifokor yana qaysi dorilarni qabul qilish mumkinligini va qaysi biri vaqtincha bekor qilinishi kerakligini tushuntiradi. Odatda dorilarni qabul qilgandan 14 kun o’tgach qon topshirish tavsiya etiladi.

Ko’pgina bemorlarga shifokorlar revmatoid omil uchun ertalab qon tahlilini buyuradilar. Test ertalabki soat 8 dan 12 gacha buyuriladi. Ertalabki tahlil eng ishonchli natijani olish imkonini beradi, chunki kunning boshida qonning xususiyatlari deyarli o’zgarmaydi.

Ayollarga test uchun mos vaqt haqida shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Qon namunasini topshirishda hayz davrining fazasini hisobga olish muhim.

Ba’zan revmatik kompleksga qayta tahlil o’tkazish kerak. Misol uchun, shifokor revmatoid artritni davolayotganda, u tanlangan davolash usulining samaradorligini baholashi kerak. Bunday holda, ikkinchi tekshiruv birinchisi bilan bir xil sharoitda o’tkazilishiga ishonch hosil qilish muhim: bir joyda va bir vaqtning o’zida. Buning yordamida, shifokor minimal xatoliklar bilan qon miqdorini dinamikada baholay oladi.

Avvalo, revmatoid artrit belgilariga ega insonlarga revmatik testlar uchun tahlil buyuriladi. Agar sizni quyidagi alomatlar bezovta qilsa, shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi:

  • tez-tez charchash;
  • ishtahaning yo’qolishi;
  • zaiflik;
  • bo’g’imlardagi og’riq va shish;
  • og’iz yoki ko’zlardagi quruqlik;
  • vazn kamayishi;
  • vaqti-vaqti bilan isitma;
  • bo’g’imlarda ertalabki qattiqlik.

Agar insonda bu alomatlar bo’lmasa, revmatik omillar uchun profilaktik qon tahlilini o’tkazish shart emas. Patologiya belgilari bo’lmagan insonlarda autoimmun antijismlar darajasining oshishi tashxisi qo’yilgan bo’lsada, ular kamdan-kam hollarda revmatoid artrit kasaliga chalinadi.

Revmatik kompleks uchun tahlil yordamida shifokorlar nafaqat artritni, balki boshqa patologik holatlarni ham aniqlaydi. Ushbu test quyidagi tekshiruvlar tarkibida amalga oshiriladi:

  • skleroderma;
  • Shogren sindromi;
  • ‘volchanka’ (teri silining bir turi);
  • Leykemiya (oq qon kasalligi);
  • sil kasalligi;
  • gepatit C;
  • mononukleoz.

Revmatoid omil uchun qon tahlili yuqoridagi kasalliklarning tashxisini tasdiqlash yoki rad etish imkonini beradi. Bundan tashqari, ushbu test ko’pincha davolanish paytida buyuriladi. Revmatoid omil darajasiga ko’ra, shifokorlar autoimmun jarayonning organizmda qanchalik faolligini baholaydilar. Davolash usulini tanlash shunga bog’liq.

Artrit va boshqa kasalliklarni davolashda revmatik omil uchun tahlil ham amalga oshiriladi. Tekshiruv natijalaridan foydalanib, shifokorlar davolanishning har bir bosqichida revmatoid omil darajasi qanday o’zgarganini qayd etadilar. Buning yordamida ular terapiyaning muvaffaqiyatliligini baholaydilar. Agar autoimmun antijismlar soni kamaymasa yoki juda sekin kamaysa, shifokorlar boshqa davolash dasturini tanlaydilar.

Ba’zi insonlarda kasallikning belgilari bo’lmasada, revmatoid omil darajasi ko’tariladi. Bunday holatda, revmoprobalarga tahlil o’tkazilganidan so’ng, shifokorlar tashxisni tasdiqlash yoki rad etish uchun boshqa tekshiruvlarni o’tkazadilar.

Tekshiruvdan so’ng uning natijalarini terapevtga yoki boshqa mutaxassislik bo’yicha davolovchi shifokorga ko’rsatish kerak. O’z-o’zini tashxislash va davolash bilan shug’ullanish mumkin emas. Samarali terapiyani tayinlash uchun faqat shifokor revmatoid omil uchun tahlil natijasini talqin qilishi kerak.

Autoimmun antijismlar miqdori millimetr birligida (birlik / ml) o’lchanadi. Sog’lom erkaklar, ayollar va bolalarda revmatoid omilning normal qiymatlari 14 birlik / ml dan oshmaydi. Agar bu qiymat oshib ketgan bo’lsa, quyidagilar antijismlar sonining ko’payishini keltirib chiqaradi:

  • Shogren sindromi;
  • onkologik patologiyalar;
  • revmatoid artrit;
  • sarkoidoz (o’pkaning yallig’lanishi);
  • ‘volchanka’ (teri silining bir turi);
  • virusli gepatit;
  • sil kasalligi;
  • septik endokardit;
  • sifilis.

Revmatoid omilni tahlil qilishda antijismlarning yuqori darajasi har doim ham kasalliklar bilan bog’liq emas. Homiladorlik davrida, qon quyishdan keyin va 60 yoshdan oshgan insonlarda u biroz ko’tariladi. Bemorning yoshi qanchalik katta bo’lsa, noto’g’ri ijobiy natija ehtimoli shunchalik yuqori bo’ladi. Shuning uchun shifokorlar har doim nafaqat test natijalari, balki boshqa omillarni ham hisobga olishadi. Bu ularga eng aniq klinik ko’rinishni yaratishga imkon beradi.

Sog’lom insonlarning taxminan 5-10 foizida revmatoid omil ko’tarilgan. Tashxisni tasdiqlash yoki rad etish uchun shifokorlar qo’shimcha testlarni buyuradilar. Antijismlarning yuqori darajasi bilan ham, inson sog’lom bo’lishi mumkin. Yoki unda yashirin autoimmun buzilishi, infeksiya yoki onkologik patologiya jarayoni kechib o’tayapti.

Tekshiruvlar shuni ko’rsatadiki, revmatoid omil qanchalik yuqori bo’lsa, autoimmun kasalliklar xavfi shunchalik yuqori bo’ladi. Shuning uchun revmatoid omil darajasi yuqori bo’lgan bemorlarni ko’rikdan o’tkazib, qo’shimcha laborator tekshiruvlarga yuborishadi. Bundan tashqari, revmatoid artrit bilan kasal bo’lgan insonlarda autoimmun antijismlarning past darajasi aniqlangan holatlar mavjud. Shifokorlar bu hodisaning sababini hali aniqlay olishmadi.

Tekshiruvning aniqligiga nima ta’sir qiladi?

Ba’zida revmatoid omil uchun qon tahlili natijasi quyidagi sabablarga ko’ra xato chiqadi:

  • fizioterapiya muolajalari;
  • UTT;
  • rentgen;
  • massaj.

Shifokorlar ushbu muolajalardan so’ng darhol qon topshirishni tavsiya etmaydi. Kamida bir kun kutish lozim. Agar bemorlar ma’lum dori-darmonlarni qabul qilayotgani haqida shifokorni ogohlantirishmasa, tekshiruv natijasi noto’g’ri ijobiy bo’lishi mumkin. Tahlilni tayinlash vaqtida inson barcha qabul qilayotgan dori-darmonlari haqida aytib o’tishi lozim. Ba’zi hollarda dorilarni qabul qilishni davom etishi mumkin, chunki ular qon parametrlariga ta’sir qilmaydi. Biroq, shifokorlar ko’pincha tashqi omillar tekshiruv natijalariga ta’sir qilmasligi uchun, dori-darmonlarni qabul qilishni vaqtincha bekor qilishadi.

Tadqiqot
narxi:
50.000 сум
Qon namunasi olish
+ 25.000 сум
Umumiy
narx:
75.000 сум
1-2 ish kunlari
Uy/ofisga kelib-ketish xizmati mavjud
Ushbu tadqiqot bilan yana nima buyuriladi?
1-2 ish kunlari
Uy/ofisga kelib-ketish xizmati mavjud
60.000 сум
1-2 ish kunlari
Uy/ofisga kelib-ketish xizmati mavjud
50.000 сум
Ekspert toifasidagi uskunalar
Yevropa xizmat ko’rsatish darajasi
Malakali shifokorlar
Hamyonbop narxlar
Qisqa muddat ichida
Xalqaro sifat