SMV IgM antijismlarini aniqlash
Anti-CMV IgM ni o’rganish sizga o’tkir infeksiyani tashxislash va kasallikning asoratlarini oldini olish uchun o’z vaqtida choralar ko’rish imkonini beradi.
Infeksiyaning xususiyatlari
Sitomegalovirus infeksiyasi 5-toifali gerpes virusidan kelib chiqadi. Aholining 90% sitomegalovirus tashuvchisi hisoblanadi. U jinsiy yo’l bilan, yaqin uy sharoitida, tug’ish va emizish orqali yuqadi. Odatda u asemptomatik bo’lib, hujayralar ichida abadiy qoladi. Zaiflashgan tanada u faol ravishda ko’paya boshlaydi va bemorning ko’plab organlari va to’qimalariga ta’sir qiladi. SMV ayollarga ham, erkaklarga ham ta’sir qiladi.
Sitomegalovirus kim uchun xavfli?
- Agar ona homiladorlikning birinchi haftalarida infeksiya yuqtirib olsa, sitomegalovirus bolaning hayoti va homilaning rivojlanishi uchun xavflidir.
- Organ transplantatsiyasi yoki immunosupressiv terapiyadan so’ng, virus immuniteti zaif insonlarda og’ir kasalliklarga olib kelishi mumkin.
- Infeksiya OIV bilan kasallangan insonlar uchun xavflidir.
Homilador ayollarda sitomegalovirus infeksiyasi, homiladorlik davrida tekshirish
Homilador ayol birinchi marta sitomegalovirusni yuqtirib olgan bo’lsa (35-50% hollarda) yoki homiladorlik davrida infeksiya o’zining faoliyatini qayta tiklasa (8-10% hollarda) unda intrauterin infeksiya rivojlanadi. Homilada 10 haftagacha intrauterin infeksiyasi rivojlansa, homila nuqson bilan rivojlanish xavfi bor, o’z-o’zidan homila tushishi mumkin. Infeksiya yuqtirib olinganda homiladorlikning 11-28-haftasida, homilaning rivojlanishi sekinlashadi, ichki organlarni gipo- yoki displaziyaga olib keladi. Agar infeksiya keyinroq yuqtirib olingan bo’lsa, ta’siri umumiy bo’lishi mumkin, ya’ni ma’lum bir organni (masalan, neonatal gepatit) qamrab oladi yoki tug’ilgandan so’ng o’zini namoyon qilishi mumkin (gipertenziv-gidrosefalik sindrom, eshitish qobiliyati buzilishi, interstitsial pnevmonit va boshqalar). Infeksiyaning namoyon bo’lishi ham onaning immunitetiga, virusning virulentligiga va lokalizatsiyasiga ham bog’liq.
Tananing sitomegalovirus bilan infeksiyalanganlik ehtimolini aniqlash, o’tkir infeksiya xavfini baholash va birlamchi infeksiyani aniqlash maqsadida quyidagi testlardan foydalanish tavsiya etiladi: qon zardobida anti-CMV-IgG va anti-CMV-IgM, PZR metodi orqali virusli DNK ni aniqlash.
Sitomegalovirusga (IgM) M sinf antijismlarini aniqlash usuli
Sitomegalovirusga qarshi M sinf antijismlarini immunoxemilyuminestsent usuli (IXLA) bilan aniqlash.
Tekshiriladigan biomaterial
Och qoringa olingan venoz qon.
Homiladorlikdan oldin TORCH infeksiyasiga tahlillar – bu nima?
Bolaning sog’lom tug’ilishi uchun homiladorlikni rejalashtirish bosqichida tekshiruvdan o’tish muhimdir. TORCH infeksiyalariga tahlil qilish homila uchun xavfli bo’lgan kasalliklar guruhining tashxisidir: toksoplazmoz, qizilcha, sitomegalovirus va gerpes. Bunday informatsion kompleks testni bizning markazimizda ham o’tkazish mumkin.
Homiladorlikdan oldin sitomegalovirusning mavjudligi yomonmi?
Yo’q. Aksincha, ayolning infeksiyani ilgari yuqtirganligi, immunitet allaqachon tanada shakllanganligini va virus homila uchun xavfli emasligini anglatadi.
Homiladorlikdan oldin ayolda sitomegalovirus aniqlanmagan bo’lsa-chi?
Bu shuni anglatadiki, homiladorlik paytida o’ta ehtiyot bo’lishi va infeksiyani yuqtirmaslik uchun kundalik hayotda va jinsiy aloqada shaxsiy gigienaga qat’iy rioya qilishi kerak.
Adabiyot
- MSDM Manuals. USA, 2021.
- Mayo Foundation for Medical Education and Research. USA, 2021.
- Kattalardagi yuqumli mononuklyoz: klinik ko’rsatmalar / «Yuqumli kasalliklar milliy ilmiy jamiyati» notijorat hamkorligi. 2016 yil.
- Tekshirishdan 4 soat oldin ovqatlanish mumkin emas.
- Suv ichish mumkin.
- Tekshirishdan bir kun oldin chekish mumkin emas, shuningdek, intensiv jismoniy faoliyatni istisno qilish kerak.
Odatda, sog’lom insonlarda SMV infeksiyasi asemptomatikdir va test topshirishni talab qilmaydi. Noma’lum sabablarga ko’ra yoki boshqa o’ziga xos ko’rsatkichlar bo’yicha betob bo’lib qolgan holda, shifokor tahlilni buyurishi mumkin.
- Homiladorlikni rejalashtirish.
- Homilaning tushishi.
- Homiladorlik davrida, agar test oldin topshirilmagan bo’lsa.
- Bolalardagi atipik pnevmoniya.
- Jigar transaminazalari darajasining oshishi.
- Kelib chiqishi noma’lum bo’lgan davomiy isitma.
- Ko’p qon quyishdan keyin infeksiya yuqtirib olganligiga shubha.
- Qon va organlar donorlari.
- Immunosupressiya, OIV infeksiyasi, sitostatiklarni qabul qilish.
- SMV infeksiyasi belgilari mavjud bo’lgan insonlar – to’r parda yallig’lanishi, nevrologik kasalliklar, yo’g’on ichak va qizilo’ngachning yallig’lanishi.
Birlamchi infeksiya
IgM: ha, yuqori daraja.
Og’irlashishi
IgM: past daraja.
Ilgari yuqtirib olingan infeksiya
IgM: odatda yo’q.
Infeksiya topilmadi
IgM: aniqlanmadi.
Yana qanday tahlillar SMV mavjudligini ko’rsatib bera oladi?
Shifokor so’lak, siydik, qon, urogenital yoki orofaringeal qirib olingan biomaterialga PZR testini buyurishi mumkin. IgG testi ham buyuriladi.
narxi:
narx: