PZLP (past zichlikdagi lipoproteinlar) xolesterin tahlili
PZLP xolesterin (PZX) tahlili qon tomir va yurak patologiyalarini rivojlanish xavfini baholashga imkon beradi. Odatda bu test asosiy lipid spektriga kiritilgan bo’lib, boshqa tekshirishlar bilan birgalikda amalga oshiriladi. Ushbu tahlil «yomon» xolesterin miqdorini ko’rsatadi.
Ta’rif
Xolesterin insonning barcha hujayralarida mavjud. U hujayra membranalarini mustahkamlaydi va gormonlar, D vitamini va boshqa biologik faol moddalarni ishlab chiqarishga yordam beradi. Xolesterinning yarmidan ko’pi jigar tomonidan ishlab chiqariladi, qolgan qismi esa oziq-ovqat bilan tanaga kiradi.
Xolesterin yog’da eriydigan hisoblanib, va oddiy shaklida u qon oqimi orqali harakatlana olmaydi. Tashish uchun u apoliproteinlar bilan birlashadi. Xolesterin bilan lipoprotein hosil qiluvchi maxsus oqsillar shunday deb nomlanadi. Shifokorlar bunday komplekslarni bir nechta turlarga bo’lishadi:
- yuqori zichlik yoki YZLP;
- past zichlik yoki PZLP;
- juda past zichlik yoki JPZLP.
Lipoproteinlar turli xil xolesterinlarni o’z ichiga oladi. Shuning uchun PZLP xolesterin tahlili past zichlikdagi xolesterin (PZX) miqdorini ko’rsatadi, YZLP va JPZLP uchun testlar esa yuqori zichlikdagi xolesterin (YZX) va juda past zichlikdagi xolesterin (JPZX) ni baholaydi.
PZX jigarda ishlab chiqariladi. Keyin u PZLP tarkibiga kirib, uni organlarga yetkazib beradi.
Past zichlikdagi xolesterinni «yomon» xolesterin deb ham atashadi. Ushbu modda organizm uchun zarur bo’lsa-da, qon tomirlarining faoliyatini buzishi mumkin. «Yomon» xolesterin konsentrasiyasi qanchalik yuqori bo’lsa, u qon tomirlari devorlarida shunchalik tez to’planib, blyashkalarni (ateromalar) hosil qiladi. Ushbu xolesterin o’simtalari tufayli tomirlar yo’li torayishi ateroskleroz rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Ateroskleroz – surunkali qon tomir kasalligi. Ba’zida u bolalik yoki yoshlik davrida paydo bo’lishi mumkin, lekin odatda shifokorlar uni 45-50 va undan katta yoshdagi insonlarda tashxis qo’yishadi.
Aterosklerotik blyashkalar mavjud bo’lgan tomirlarda qon yaxshi harakatlana olmaydi. Natijada, ichki organlar kam miqdorda kislorod oladi va organlarning ishlash faoliyati sifati tusha boshlaydi. Aterosklerozning asosiy xavfi shundaki, u yurak xastaligi xavfini oshiradi:
- yurak huruji;
- yurak yetishmovchiligi;
- insult;
- yurak qon-tomir kasalligi.
Shifokorlar muntazam ravishda PZLP tahlilini o’tkazishni tavsiya qiladilar. Avvalo, bu ateroskleroz xavfi bor guruhiga kiradiganlar uchun muhimdir:
- ayollar (50 yoshdan) va erkaklar (40 yoshdan);
- qon tomir va yurak patologiyalari bo’lgan bemorlar;
- ichuvchilar (alkogoliklar);
- chekuvchilar;
- xolesterin darajasi yuqori bo’lgan insonlar;
- semirib ketgan bemorlar;
- diabet kasaliga yo’liqqan kishilar;
- kam harakat turmush tarziga ega insonlar.
PZLP qon tahlilini o’tkazishdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing. Mutaxassis tananing holatini, ateroskleroz ehtimolini baholaydi va xolesterin konsentrasiyasini qanchalik tez-tez tekshirish kerakligini aniqlaydi.
Tekshirish usuli
PZLP qon tahlili – profilaktik tekshirishdir. Bu umumiy xolesterin tahlili deb ham ataladigan qon lipid profilining bir qismidir. Yog’ miqdori fotokolorimetriya (yoki fotometriya) usuli yordamida o’lchanadi – yorug’likni yutish orqali moddaning konsentrasiyasi aniqlanadi.
Tekshirish materiali
Venoz yoki kapillyar qon.
Past zichlikdagi xolesterin tahlili bilan birga qanday tekshirishlar o’tkaziladi?
Bemorning ahvoli haqida batafsilroq va aniq ma’lumot olish uchun shifokorlar ko’pincha qo’shimcha testlar bilan PZLP qon tahlilini buyuradilar:
- umumiy xolesteringa (xolesterol);
- yuqori zichlikdagi lipoproteinlar (YZLP);
- trigliseridlar;
- juda past zichlikdagi lipoproteinlar (JPZLP);
- apolipoprotein A1;
- aterogenik indeks.
Lipid kompleksi (asosiy), biokimyoviy qon tahlili va boshqa murakkab tekshirishlar uchun arzon narxlar mavjudligi tufayli, har kim ular bo’yicha tekshiruvdan o’tishi mumkin.
Adabiyot
- Aster D., Fausto N., Vinay K. va boshqalar. Robbins va Kotran bo’yicha kasalliklar patologiyasining asoslari. M., 2014.
- Severin Y. S., Aleynikova T. L., Osipov Y. V. va boshqalar. Biologik kimyo. M., 2008.
- Gayton A., Xoll J. Tibbiy fiziologiya darsligi / 13 – nashr. 2015.
- Max F., Beyjent K., Katapano A. va boshqalar. Dislipidemiyani davolash bo’yicha ESC / EAS tavsiyalari: yurak-qon tomir xavfini kamaytirish uchun lipidlarni o’zgartirish // Rossiya kardiologiya jurnali, 2020. 25 (5) jild. 3826 bet.
Odatda, tekshiruv ertalab amalga oshiriladi, chunki kun davomida xolesterin miqdori sezilarli darajada o’zgaradi. Qonni och qoringa topshirish kerak: oxirgi ovqat va tahlil topshirish o’rtasida kamida 12 soat farq bo’lishi kerak. Siz faqat gazsiz suv ichishingiz mumkin.
Tahlildan oldin 30 daqiqa davomida chekish, stress va jismoniy nagruzkalarga berilishingiz (tez yugurish yoki zinapoyaga chiqish) mumkin emas. Qon olishdan 15 daqiqa oldin tinchlanish uchun o’tirib, sekin nafas olish tavsiya etiladi.
Bemorlar qayta tekshirishdan o’tayotganda, u birinchi tekshirish bilan bir xil sharoitlarda (bir xil laboratoriya va vaqtda) o’tkazilishi kerak.
Past zichlikdagi lipoproteinlarga tahlil tananing qon tomirlarining tiqilib qolishiga moyilligini ko’rsatadi – tromboz, insult, shuningdek, yurak va qon tomirlarining boshqa patologiyalari. Shuning uchun lipid spektrini, shu jumladan past zichlikdagi lipoproteinlarni har tomonlama o’rganish buyuriladi:
- yurak va qon tomirlari kasalliklarida;
- endokrin patologiyalarda;
- buyrak kasalliklarida.
PZLP xolesterin tahlili uchun norma 3,0 mmol / l dan kam.
Bemorlar tekshiruvga to’g’ri tayyorgarlik ko’rsa, tekshirish eng aniq natijalarni beradi. Agar ular tekshirishdan oldin ovqatlansa yoki jismoniy faoliyat bilan shug’ullansa, testning aniqligi sezilarli darajada kamayadi.
PZLP darajasining oshishi sabablari quyidagilar bo’lishi mumkin:
- irsiy moyillik;
- semirish yoki ovqatda xolesterin miqdori ortiqligi;
- o’t yo’llarining yopilib qolishi;
- buyrak yetishmovchiligi;
- gipotireoz;
- Kushing sindromi;
- qandli diabet;
- homiladorlik;
- anoreksiya nervoza.
Past zichlikdagi xolesterin konsentrasiyasini pasayishi sabablari:
- ovqatlanish xususiyatlari;
- kam uchraydigan irsiy anomaliya;
- anemiya;
- turli o’tkir kasalliklar, infeksiyalar va shikastlanishlar.
Odatda, PZLP XS ning past darajasi tashxis ahamiyatiga ega emas.
narxi:
narx: