YZLP (yuqori zichlikdagi lipoproteinlar) xolesteriniga tahlil
YZLP xolesterin (YZX) tahlili qon tomir va yurak patologiyalarini rivojlanish ehtimolini aniqlash imkonini beradi: yurak yetishmovchiligi, insult, yurak xuruji. Odatda bu test asosiy lipid spektriga kiritilgan bo’lib, boshqa tekshirishlar bilan birgalikda amalga oshiriladi. Tahlil tanadagi «yaxshi» xolesterin konsentrasiyasini ko’rsatadi. YZX o’rniga ko’pincha sinonimlar ishlatiladi: yuqori zichlikdagi lipoproteinlar; YZLP; YZL; YZLP XS; yuqori zichlikdagi lipoprotein xolesterini; YZLP-xolesterin; alfa-xolesterin; α-xolesterin; alfa-lipoproteidlar xolesteroli, HDL, Cholesterol, HDLC. Bu sinonimlarga qaramasdan, YZLP qon tahlili ba’zan boshqacha nomlanadi.
Ta’rif
Tanadagi har bir hujayrada xolesterin mavjud. Bu yog’da eriydigan modda bo’lib, gormonlar, D vitamini va safro kislotalarini ishlab chiqarishga yordam beradi. Xolesterinning 70% jigar tomonidan ishlab chiqariladi, qolgan qismi esa oziq-ovqat bilan tanaga kiradi. Xolesterin sof shaklda qon oqimi bilan harakatlana olmaydi. Shuning uchun u apoliproteinlar bilan birlashib, lipoprotein komplekslarini hosil qiladi, ular uch turga bo’linadi:
- yuqori zichlikdagi lipoproteinlar (YZLP);
- past zichlikdagi lipoproteinlar (PZLP);
- juda past zichlikdagi lipoproteinlar (JPZLP);
Shifokorlar YZLP tahlilini o’tkazganda, ular yuqori zichlikdagi lipoprotein konsentrasiyasini aniqlaydilar. Ular «yaxshi» xolesterin deb ham ataladi, chunki ular qon tomirlaridan ortiqcha xolesterinni olib, ularni qayta ishlash uchun jigarga yetkazib beradi. Aksariyat hollarda past zichlikdagi xolesterin (PZX) va juda past zichlikdagi xolesterin (JPZX) xavfli hisoblanadi, chunki ular qon tomirlarida to’planib, aterosklerotik blyashkalarni (ateromalar) hosil qiladi.
YZX ning asosiy qismi oqsillar bo’lib, u juda kam yog’ni o’z ichiga oladi. «Yaxshi» xolesterin ortiqcha PZX va JPZX larni o’t kislotalariga tashish va qayta ishlashga yordam beradi.
Nima uchun YZLP qon tahlili aterosklerozning oldini olishda foydali?
Ateroskleroz surunkali patologiya bo’lib, tomirlarda yog’lar, xolesterin va kalsiydan tashkil topgan o’smalar hosil bo’ladi. Qon tomirlari siqilib, oqibatda organlar kam miqdorda kislorod oladi. O’z vaqtida davolanmasa, ateroskleroz yurak va qon tomirlarining ko’plab patologiyalarini keltirib chiqarishi mumkin: yurak yetishmovchiligi, miyokard infarkti, insult.
Odatda ateroskleroz asta-sekin rivojlanib boradi va 45-50 yoshda o’zini namoyon qiladi.
Ushbu patologiya bo’yicha xavf guruhiga quyidagilar kiradi:
- kam harakat turmush tarziga ega insonlar;
- chekuvchilar;
- ayollar (50 yoshdan) va erkaklar (40 yoshdan);
- qon tomir va yurak kasalliklari bo’lgan bemorlar;
- semiz insonlar;
- yurak va qon tomirlari kasalliklarga duchor bo’lgan bemorlar;
- ichuvchilar (alkogoliklar);
- diabet kasaliga yo’liqqan kishilar;
- xolesterin darajasi yuqori bo’lgan insonlar.
Ushbu ro’yxatdagi barcha insonlar uchun shifokorlar muntazam ravishda YZLP qon tahlilini o’tkazishni tavsiya qiladilar. Tahlil topshirish chastotasini davolovchi shifokor belgilaydi.
Tekshirish usuli
Yuqori zichlikdagi lipoprotein xolesterinini tahlili skrining, ya’ni lipid profilining bir qismi bo’lgan profilaktik tekshiruvdir. Yog’ miqdori fotokolorimetriya bilan o’lchanadi – yorug’likni yutish orqali moddaning konsentrasiyasi aniqlanadi.
Tekshirish materiali
«Yaxshi» xolesterin miqdorini aniqlash uchun shifokorlar venoz yoki kapillyar qonni olishadi.
YZLP tahlili bilan birga qanday tekshirishlar buyuriladi?
Bemorning ahvoli haqida batafsil ma’lumot olish uchun shifokorlar ko’pincha bir vaqtning o’zida bir nechta testni o’tkazadilar. Bularga quyidagi tekshiruvlar kiradi:
- umumiy xolesterin;
- past zichlikdagi lipoproteidlar (PZLP);
- apolipoprotein A1;
- juda past zichlikdagi lipoproteidlar (JPZLP);
- trigliseridlar;
- aterogenik indeks.
YZLP tahlilining arzon narxi tufayli har kim uni topshira oladi. Bu, ayniqsa, bunday tekshiruvlardan muntazam ravishda o’tishi kerak bo’lgan ateroskleroz xavfi bor insonlar uchun foydalidir. Boshqa keng tarqalgan tibbiy testlar ham mavjud, masalan, biokimyoviy qon tahlili.
Adabiyot
- Aster, D., Fausto, N., Vinay, K. va boshqalar. Robbins va Kotranning kasalliklar patologiyasining asoslari. – M.: Logosfera, 2014. – 624 bet.
- Severin, Y. S., Aleynikova, T. L., Osipov, Y. V. va boshqa. Biologik kimyo. — M.: «Tibbiy axborot agentligi» MCHJ, 2008. – 364 bet.
- Gayton, A., Xoll, J. Tibbiy fiziologiya darsligi. 13 – nashr, 2015.
- Max F., Beyjent K., Katapano A. va boshqalar. Dislipidemiyani davolash bo’yicha ESC / EAS tavsiyalari: yurak-qon tomir xavfini kamaytirish uchun lipidlarni o’zgartirish // Rossiya kardiologiya jurnali, 2020. 25 (5) jild. 3826 bet.
Qon och qoringa olinadi: oxirgi ovqatlanishdan tahlil qilishgacha kamida 12 soat o’tishi kerak.
Tekshirishdan 30 daqiqa oldin siz jismoniy va hissiy nagruzkani istisno qilishingiz kerak, chekmang.
Lipoproteinlarga tahlil tananing qon tomirlarining tiqilib qolishiga, trombozga, insultga va boshqa yurak kasalliklarga moyilligini ko’rsatadi. Bundan tashqari, aynan YZLP konsentrasiyasining pasayishi tashvish tug’diradi, chunki bunday tashxisda yog’larni tashish va yo’q qilish jarayoni buziladi.
Shifokorlar tahlilni buyuradilar:
- yurak patologiyalarining rivojlanish ehtimolini baholash uchun;
- yurak qon-tomir kasalligi, diabet, gipertoniya yoki buyrak kasalligini boshidan kechirgan bemorlarning holatini tekshirish uchun;
- 20 va undan katta yoshdagi kattalar uchun profilaktik tekshiruv sifatida;
- og’ir oila anamnezi (kasallik tarixi) bo’lgan bemorlarni tekshirish uchun;
- gipolipidemik terapiyani nazorat qilish uchun – xolesterin miqdori past bo’lgan va oson hazm bo’ladigan uglevodlar bilan parhez.
YZLP xolesterinini tahlil normasi jinsga qarab o’zgaradi:
- Erkaklar: > 1,0 mmol/l;
- Ayollar: > 1,2 mmol/l.
Noto’g’ri ko’rilgan tayyorgarlik tekshiruv natijasini buzadi.
Shifokorlar YZLP xolesterin darajasi bir necha sabablarga ko’ra ko’tarilishini aniqladilar:
- jigar patologiyasi;
- alkogolizm;
- irsiyat;
- og’ir aerobik mashqlar.
YZLP darajasining pasayishi quyidagilarga olib keladi:
- irsiy patologiya (Tanjer kasalligi);
- qandli diabet;
- siroz, gepatit, jigar kasalliklarida safro turg’unligi;
- buyrak yallig’lanishi va surunkali buyrak yetishmovchiligi.
Agar bemorda YZLP ning konsentrasiyasi past bo’lsa, u aterosklerozga moyil bo’ladi.
Bir martalik tekshirish har doim ham bemorning ahvoli haqida ob’ektiv tushuncha bermaydi, chunki yuqori zichlikdagi xolesterol miqdori fiziologiyaga qarab farq qiladi. Tahlil natijasini aniqlashtirish uchun 1-3 oydan keyin takroran tekshiruvdan o’tish tavsiya etiladi.
narxi:
narx: