Qon ivishi tahlili (QIV)

BIOGEN MEDDA TAHLILI

Qov ivishi tahlili tomirda ivib qolgan qonning (tromblar) paydo bo’lish jarayonida buzilishlarini aniqlashga imkon beradi. Ushbu test profilaktik tekshiruv tariqasida va operatsiyalardan oldin o’tkaziladi. Qon ivishi tahlili koagulogrammaga kiritilgan bo’lib, unda u bilan birga D-dimer, fibrinogen va boshqa qon xususiyatlari o’rganiladi.

Tavsif

Qon ivishi vaqti – bu butun qonda tromb shakllanishi uchun kerak bo’lgan vaqt. Ushbu ko’rsatkichning o’shishi yoki kamayishi sog’liq bilan bog’liq muammolar yoki ma’lum dori vositalaridan foydalanayotganligi haqida habar beradi. Masalan, qon ivishiga asab va endokrin tizimlarning faoliyati ta’sir qiladi. Ushbu tizimlarni tashkil etuvchi organlar normal faoliyat yuritishni to’xtatganda, QIV o’zgarishi ehtimoli kata.

Qon ivish mexanizmi bir vaqtning o’zida bir nechta muhim funksiyalarni bajaradi:

  • qon tomirlari shikastlanganda qon ketishini to’xtatadi;
  • qonni suyuq holatda saqlaydi;
  • keraksiz tromblarni eritadi.

Agar qon tahlili qon ivishi vaqtining ko’payishini ko’rsatsa, bu quyidagilarning belgisi bo’lishi mumkin:

  • jigar faoliyatining buzilishi;
  • qon ivishi omillarining yetishmasligi yoki ularning yarim funksionalligi;
  • TTI (Tomirda tarqalgan qon ivishi) sindromining gipokoagulyatsion fazasi;
  • antikoagulyantlar yoki geparinni qabul qilish.

Qon ivishi vaqtining oshishi bilan ko’p qon ketish xavfi ortadi. Ya’ni, bu bemor uchun har qanday jarrohlik aralashuv xavfli hisoblanadi.

QIV me’yordan kam bo’lsa, tromb hosil bo’lish xavfi yanada ortadi va bu quyidagilarga xosdir:

  • tromboz uchun;
  • trombofiliya;
  • TTI sindromining giperkoagulyatsion fazasi;
  • kortikosteroidlar bilan kontraseptiv vositalardan uzoq muddatli foydalanish.

Endi har kim, ushbu tekshiruvning arzon narxi tufayli, qon ivishi omillari uchun tahlilni buyurtma qilishi mumkin.


Test uchun material

Kapillyar qon.

Qon och qoringa topshiriladi. Oxirgi ovqatlanish va qon ivishi vaqtini tekshirish o’rtasida kamida 8 soat farq bo’lishi kerak. Bu davrda sharbatlar, sut, qahva va boshqa ichimliklarni ichish mumkin emas. Testdan oldin ertalab gazsiz bir stakan suv ichishga ruxsat beriladi.

Tekshiruv arafasida jismoniy zo’riqmaslik va stress holatida bo’lmaslik, chekmaslik va spirtli ichimliklarni iste’mol qilmaslik kerak.

Laboratoriyaga tahlildan 15 daqiqa oldin kelib, chuqur nafas olib, hotirjam o’tirish tavsiya etiladi. Bu qonning holatini normallashtirishga yordam beradi va test natijalarini buzilishi xavfini kamaytiradi.

Agar bemor dori-darmonlarni qabul qilsa, bu haqda shifokorga xabar berish kerak. Ba’zi dorilar qon ko’rsatkichiga ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun shifokor qaysi dorilarni keyinchalik qabul qilish mumkinligi va qaysi biri vaqtincha to’xtatilishi kerakligini aniqlashtirishi kerak.

Vaqt o’tishi bilan shifokorlar uchun qon ivishi vaqtini baholash muhim bo’lsa, ular muntazam ravishda bir nechta tahlillarni buyuradilar. Bunday vaziyatda barcha tekshiruvlar teng sharoitlarda: bir vaqtning o’zida va bir joyda o’tishiga ishonch hosil qilish lozim.

Tekshiruvning aniqligiga nima ta’sir qiladi?

Agar test quyidagi ma’lum protseduralardan so’ng darhol o’tkazilsa, qon ivishi vaqtining tahlili aniqligi kamayadi:

  • massajdan keyin;
  • gastroskopiya;
  • flyuorografiya;
  • rektal tekshiruv;
  • UTT;
  • biopsiya;
  • rentgen nurlari;
  • kolposkopiya;
  • terapevtik manipulyatsiyalar.

Agar bemor ushbu muolajalarga yozilgan bo’lsa, bu haqida shifokorga xabar berish lozim. Bunday holda, shifokor begona omillar qonning xususiyatlariga ta’sir qilmaydigan vaqtda qon tekshiruvini belgilaydi. Bu aniqroq tashxis qo’yishga yordam beradi.

Shifokorlar bir necha hollarda qon ivishi vaqtini tekshirishni buyuradilar:

  • homiladorlik davrida;
  • yurak va qon tomirlarining patologiyalarida;
  • jarrohlik operatsiyalaridan oldin va keyin;
  • bilvosita koagulyantlar ta’sirini baholash;
  • jigar faoliyatining patologik kasalliklarida;
  • tromb shakllanishining irsiy moyilligida;
  • autoimmun patologiyalar paytida;
  • varikoz tomirlarining kengayishida

QIV testi xavfli kasalliklarni o’z vaqtida tashxislash va asoratlar xavfini kamaytirish imkonini beradi.

Qon ivishi tahlili uchun norma 5 daqiqani tashkil qiladi. Aynan shu davrda sog’lom insonlarda fibrin quyqasi paydo bo’ladi.

Quyidagilar qon ivishi vaqti ko’payishi sabablari bo’lishi mumkin:

  • homiladorlik;
  • leykoz;
  • jigar patologiyasi;
  • ichki qon ketishida anemiya;
  • gemofiliya;
  • fosgen bilan zaharlanish;
  • asetilsalitsil kislotasiga asoslangan dori-darmonlarni suiiste’mol qilish;
  • trombositlar sonining keskin kamayishi;
  • aplastik yoki gipoplastik anemiya.

Ushbu patologiyalarda qon yaxshi ivimaydi, bu esa qon ketish paytida ko’p qon yo’qotishga olib kelishi mumkin.

Agar qon ivishi vaqti kamaysa, bunga quyidagilar sababchi bo’lishi mumkin:

  • yuqumli patologiyalar;
  • metabolik kasallik;
  • suvsizlanish;
  • autoimmun patologiyalar;
  • ateroskleroz;
  • gormonal muvozanatning buzilishi.

Qon ivishi tezligi qanchalik yuqori bo’lsa, qonda shunchalik tez tromblar hosil bo’ladi. Shuning uchun, shifokorlar ko’pincha shu kasalliklar va patologik holatlarga ega bo’lgan insonlar uchun QIV testini buyuradilar.

Tadqiqot
narxi:
30.000 сум
Qon namunasi olish
+ 25.000 сум
Umumiy
narx:
55.000 сум
1-2 ish kunlari
Uy/ofisga kelib-ketish xizmati mavjud
Yeropa xizmat ko'rsatish darajasi
Biz faqat ilmiy jihatdan tasdiqlangan diagnostika va terapiya usullarini qo'llaymiz, har bir bemor uchun xalqaro klinik protokollarga muvofiq individual dasturni ishlab chiqamiz.
Tajribali shifokorlar
Bizning mutaxassislarimiz orasida CDC (AQSh) rezidenturasini tugatgan, Osiyo va Yevropaning yetakchi klinikalarida amaliyot o'tagan yuqori toifadagi shifokorlar, ilmiy nashrlar mualliflari bor.
Arzon narxlar
BIOGEN MED da siz har doim xizmatlarning narxini oldindan bilasiz — biz keraksiz uchrashuvlarsiz faqat kerakli tahlillar va protseduralarni tayinlaymiz.
Qisqa muddat ichida
Tez, qulay, onlayn! Tahlil natijalarini yetkazib berish kunida qulay BIOGEN MED Telegram boti orqali olishingiz mumkin.
Xalqaro sifat
Biz qat'iy xalqaro standartlarga muvofiq ishlaymiz: laboratoriya tadqiqotlari RIQAS (Buyuk Britaniya) va EQAS (AQSh) tomonidan sertifikatlangan va davolash protokollari yetakchi tashkilotlarning tavsiyalariga amal qiladi.
Jamg‘arma kartasi
Har qanday xizmatdan 3-10% keshbek oling va «Faol uzoq umr ko‘rish» holatida 20% gacha chegirma bilan davolanish to‘lovlari uchun ishlatish mumkin bo‘lgan ballarni to‘plang.