Qonning XNMga tahlili

BIOGEN MEDDA TAHLILI

INR qon tahlili qon ivishi bilan bog’liq muammolarni aniqlashga va ushbu patologiyalarni davolash jarayonini kuzatishga yordam beradi. Shuningdek, ushbu tekshiruvdan so’ng shifokorlar dorilarning dozasini aniqroq hisoblashlari mumkin. INR keng qamrovli koagulogramma testining bir qismidir. INR tahlilining narxi juda yuqori emasligi sababli, har kim uni alohida yoki boshqa tekshirishlar bilan birga buyurtma qilishi mumkin. Masalan, APTT testi bilan.

Ta’rif

Qon ivishiga jigar tomonidan ishlab chiqariladigan protrombin oqsili ta’sir qiladi. Qon tomirlarining devorlari shikastlanganda protrombin miqdori ortib, qon quyqalari hosil bo’ladi va qon oqimi to’xtaydi. Agar tromblar juda tez-tez shakllanadigan bo’lsa, qon tomirlari tiqilib (yopilib) qolishi mumkin, bu esa insult, yurak xuruji va o’pka tromboemboliyasi xavfini oshiradi. Qon ivishiga testlarni o’z vaqtida o’tkazish ushbu xavfli patologiyalarning oldini olishga yordam beradi.

Qon ivish tezligini o’lchash uchun odatda protrombin vaqti (PTV) hisoblanadi. Ushbu tahlil tromb hosil bo’lish vaqtini ko’rsatadi. Biroq, uning aniqligi yetarlicha yuqori emas, chunki PTV indikatori test uchun mo’ljallangan reagentlarga juda bog’liq. Ushbu muammoni hal qilish uchun shifokorlar reagentlarni hisobga olgan holda PTV natijasini standartlashtiradigan INR testlarini buyuradilar. Bu test natijalarining aniqligini oshiradi.

PTI (protrombin indeksi) va INR tahlillari juda o’xshash. PTI sog’lom insonlarda qon ivish vaqtini bemorning qon ivish vaqtiga nisbatini o’lchaydi. INR PTI ga teskari proportsionaldir – unda bemorning qon ivishi etalon qon ivishi bilan solishtiriladi. Bundan tashqari, natija XSI ga (xalqaro sezgirlik indeksi) ko’paytiriladi. Bu tahlilning aniqligini yanada oshiradi.


INR tahlili uchun material

Venadan qon.

Tekshirish usuli

Qon ivishi usuli.


INR testi bilan birga yana qanday tahlilllar o’tkaziladi?

Tekshirish natijasini aniqlashtirish va batafsil klinik ko’rinishni tuzish uchun INR ga tahlillar bilan bir qatorda qo’shimcha ravishda shifokorlar quyidagilarni tekshiradilar:

  • fibrinogen;
  • APTT;
  • protrombin;
  • D-dimer;
  • trombin vaqti;
  • qonning asosiy ko’rsatkichlari.

Fibrinogen va protrombin nima?

Qon ivish jarayonida ishtirok etadigan oqsillar.

APTT nima?

Faollashtirilgan qisman tromboplastin vaqti – qon quyqasi shakllanishi uchun zarur bo’lgan vaqt. Tekshirish tanadagi qon ivish jarayonini taqlid qiladi.

Trombin vaqti nima?

Plazmaga trombin qo’shilganda fibrin quyqasi (tromb) hosil bo’lishi uchun zarur bo’lgan vaqt.

D-dimer va FDP tahlili nima?

Bular kerak bo’lmaganda tananing qon quyqalarini eritish qobiliyatini baholashga yordam beradigan ko’rsatkichlar.


Adabiyot

  1. Dolgov V.V., Svirin P.V. Gemostaz buzilishlarining laboratoriya diagnostikasi. Tver, 2005 yil.
  2. Nazarenko G. I., Kishkun A. A. Laboratoriya natijalarini klinik baholash. M., 2006 yil.
  3. Lifshits V. M., Sidelnikova V. I. Klinikada biokimyoviy tahlillar: ma’lumotnoma. M., 2001 yil.

Tekshirishdan bir kun oldin maxsus parhezga tutish muhim: spirtli ichimliklar va ko’p miqdordagi purinlar (jigar, buyraklar) bilan boyitilgan oziq-ovqatdan vaqtincha voz kechish, baliq, go’sht, choy va qahva iste’molini kamaytirish lozim. Bundan tashqari, INR va PTV qon testiga tayyorgarlik ko’rayotganda, ortiqcha jismoniy zo’riqishlardan voz kechish lozim.

Ushbu testni o’tkazish vaqtiga kelsak, bu test boshqa koagulogramma tekshiruvlaridan farq qilmaydi. Qon odatda ertalab 8-11 da topshiriladi. Oxirgi ovqatlanishdan kamida 8-12 soat o’tgan bo’lishi kerak. Shu vaqt davomida sut, sharbatlar va boshqa ichimliklarni iste’mol qilish mumkin emas. Faqat gazsiz suv ichish mumkin. Ertalabki tekshirish natijalari iloji boricha aniq hisoblanadi, chunki qon miqdori kun davomida sezilarli darajada o’zgaradi.

INR va PTV tahlillari natijalari buzilmasligi uchun tekshirishdan 2 soat oldin chekish va stress holatda bo’lish man etiladi. Yugurish va baland zinapoyalardan ko’tarilish ham tavsiya etilmaydi.

Bemor xotirjam bo’lsa, uning qoni tekshirish uchun eng yaxshisidir. Shuning uchun shifokorlar tekshiruvdan 15 daqiqa oldin kelib, bir joyda o’tirish, nafasni rostlash va tinchlanishni maslahat berishadi. Bu test natijasining aniqligini oshiradi.

Ayollarga hayz paytida INR tahlilini o’tkazish tavsiya etilmaydi, chunki bu davrda qon xususiyatlari o’zgaradi. Agar bemorlar antikoagulyantlar bilan davolanayotgan bo’lsa, ularning rejimiga rioya qilish muhimdir. Ba’zida shifokorlar qon miqdorini dinamikada baholash uchun INR ga bir nechta testlarni o’tkazadilar. Birinchisi bilan bir xil sharoitlarda takroriy tekshirishlardan o’tish tavsiya etiladi: bir vaqtning o’zida va bir joyda.

Shifokorlar bir necha hollarda PTV va INR tahlilini buyuradilar:

  • har qanday qon koagulyatsiyasini o’rganishda;
  • gemostaz buzilishlariga qarshi dori vositalarining optimal dozasini hisoblashda;
  • antikoagulyant terapiya jarayonini boshqarishda;
  • operatsiyadan oldingi skrining paytida;
  • jigar faoliyatini tekshirishda (koagulyatsion omillarning sintezi).

INR tahlilining arzon narxi tufayli har kim muntazam yoki shoshilinch tekshiruvga buyurtma berishi mumkin. U bilan birgalikda qulay sharoitlarda koagulogrammadan boshqa testlar o’tkazilishi mumkin.

Qon tahlili uchun INR normasi 0,85 dan 1,35 gacha.

Agar ko’rsatkich ko’tarilsa, bu giperkoagulyatsiyaning alomatidir. Bu qon ivishining kuchayishi nomi bo’lib, unda tromblar tez-tez hosil bo’ladi. Tromb bo’laklari qon oqimiga kirib, yurak va boshqa muhim organlarning tomirlarida tiqilib qolsa, bemorni o’limga olib kelishi mumkin. Giperkoagulyatsiyaning eng xavfli asoratlari – o’pka tromboemboliyasi, insult va yurak xurujidir.

INRning pasayishi mumkin bo’lgan sabablari:

  • og’ir kuyishlar;
  • og’ir jarohatlar;
  • tromboz;
  • estrogenning ortiqcha miqdori;
  • qon ivishiga ta’sir qiluvchi dori-darmonlarni qabul qilish.

INR ning yuqori ko’rsatkichlari gipokoagulyatsiyani ko’rsatadi. Bu qon ivishining kamayishi va qon ketish xavfi ortib borayotgan holatni amglatadi. Natijada, tug’ish, operatsiyalari va jarohatlar yanada xavfli bo’ladi.

INR ning ko’rsatkichlari past bo’lishi sabablari:

  • jigar kasalligi;
  • gemopoez tizimining patologiyasi;
  • antikoagulyantlarning katta dozalarini qabul qilish;
  • K vitamini yetishmasligi.

INR ko’rsatkichini talqin qilish faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshirilishi kerak.


INR tahlilining natijasiga qanday omillar ta’sir qiladi?

Fizioterapiya, ultratovush tekshiruv va rentgen nurlaridan so’ng darhol qon testini o’tkazish mumkin emas. Ushbu tekshirishlar qonning xususiyatlarini o’zgartiradi, bu esa INR ga tekshirishlarning natijasini buzishi mumkin. Tekshirishdan oldin massaj qilish ham tavsiya etilmaydi.

Dori-darmonlarni qabul qiladigan bemorga INR testlari buyurilgan bo’lsa, ularni qabul qilish vaqtincha to’xtatilishi kerak. Oxirgi dori kamida 10-14 kun oldin qabul qilingan bo’lishi lozim. Dori-darmonlar masalasi shifokor tomonidan hal qilinadi. Shuning uchun unga qabul qilayotgan dori-darmonlar haqida xabar bering va uning tavsiyalariga amal qiling.

Tadqiqot
narxi:
45.000 сум
Qon namunasi olish
+ 25.000 сум
Umumiy
narx:
70.000 сум
1-2 ish kunlari
Uy/ofisga kelib-ketish xizmati mavjud
Ushbu tadqiqot bilan yana nima buyuriladi?
1-2 ish kunlari
Uy/ofisga kelib-ketish xizmati mavjud
45.000 сум
1-2 ish kunlari
Uy/ofisga kelib-ketish xizmati mavjud
160.000 сум
1-2 ish kunlari
Uy/ofisga kelib-ketish xizmati mavjud
40.000 сум
1-2 ish kunlari
Uy/ofisga kelib-ketish xizmati mavjud
80.000 сум
1-2 ish kunlari
Uy/ofisga kelib-ketish xizmati mavjud
45.000 сум
1-2 ish kunlari
Uy/ofisga kelib-ketish xizmati mavjud
45.000 сум
Ekspert toifasidagi uskunalar
Yevropa xizmat ko’rsatish darajasi
Malakali shifokorlar
Hamyonbop narxlar
Qisqa muddat ichida
Xalqaro sifat