PTV qon tahlili

BIOGEN MEDDA TAHLILI

PTV qon tahlili qon quyqasi shakllanishi vaqtini aniqlash va koagulyatsiya tizimining samaradorligini baholashda yordam beradi. Bu juda foydali tekshirish bo’lib, ko’pincha operatsiyadan oldin, homilador ayollarni tekshirishda va antikoagulyantlar bilan davolash samaradorligini tekshirishda buyuriladi. PTV tahlili koagulogrammaga kiradi. U bilan birga protrombin indeksiga PTI tahlil o’tkaziladi.

Ta’rif

Protrombin vaqti (PTV) qonning ivish qobiliyatini o’rganadigan keng qamrovli tekshirishning bir qismidir. PTI va PTV koagulyatsiya tizimining samaradorligini ko’rsatadi.

Qon quyqasi shakllanishining protrombin vaqti soniyalarda o’lchanadi. Ushbu ko’rsatkichga asoslanib, protrombin indeksi hisoblanadi – sog’lom insonlar va bemorda qon quyilishi vaqtining nisbati. Ba’zida yana INR ga qon tahlili o’tkaziladi, bu PTV natijasini standartlashtiradi va reagentlarni hisobga olishga imkon beradi.

Protrombin – qon ivishida ishtirok etadigan plazma oqsili. Aynan uning tekshiruvi koagulyatsiya tizimining eng muhim ko’rsatkichini baholashga imkon beradi. Shifokorlar koagulogrammani o’tkazganda, ular tashqi qon ivish kaskadi deb ataladigan mexanizmni tekshiradilar. U ivish omillari ishtirok etadigan ketma-ket reaksiyalardan iborat. Ulardan biri protrombin.

Insonda to’qimalar shikastlanganda protrombin trombinga aylanib, trombni hosil qiladi. Tromb hosil bo’lish vaqti trombin faoliyati bilan bog’liq. Agar u yetarli darajada faol bo’lmasa, bemorda ko’p qon ketishi mumkin. Haddan tashqari faol trombinda qon juda tez iviydi va tromboz ehtimoli ortadi. Shuning uchun protrombin vaqtining ko’payishi yoki kamayishini vaqtida aniqlash muhimdir. Buning uchun PTV va INR qon tahlillari o’tkaziladi.

Shuningdek, protrombin vaqti testi K vitamini va estrogen konsentrasiyasini tekshirish uchun foydalidir. Agar ular tanada yetarli bo’lmasa, qon ketishi kuchayadi. Ushbu moddalarning ortiqcha miqdori tromboz xavfini oshiradi.


Nima uchun homiladorlik paytida protrombin vaqtiga qon tahlili buyuriladi?

Bo’lajak onalarda qon aylanishining yangi doirasi shakllanadi, bu orqali homila ozuqa moddalarini oladi. Shuning uchun uchinchi trimestrda qon ivishi darajasi doimo oshadi. Bu tanani tug’ilishga tayyorlab, ortiqcha qon ketishining oldini olishga yordam beradi.

Ko’p qon ketishi, plasentaning ajralishi va homila tushishi xavfini vaqtida aniqlash uchun shifokorlar homilador ayollarga PTV tahlilini buyuradilar.


Tekshirish uchun material

Venadan qon.


PTV tahlili bilan birga yana qanday tekshirishlar o’tkaziladi?

To’liq klinik ko’rinish hosil qilish uchun, PTV tekshiruvi bilan bir qatorda, shifokorlar ko’pincha boshqa testlarni ham buyuradilar:

  • fibrinogen
  • INR;
  • trombin vaqti;
  • APTT;
  • D-dimer;
  • protein C va S.

INR va qonning keng qamrovli tahlillari bemorning sog’lig’i haqida eng aniq ma’lumotlarni olish imkonini beradi.


INR nima?

Bu bemorning qon ivish vaqtining etalon ko’rsatkichga nisbati. Olingan natija turli xil asbob-uskunalar va kelib chiqishi turli xil bo’lgan tromboplastinlardan foydalanganda chalkashmaslik uchun xalqaro tromboplastin sezgirligi indeksiga ko’paytiriladi.

APTT nima

Faollashtirilgan qisman tromboplastin vaqti – qon quyqasi shakllanishi uchun zarur bo’lgan vaqt. Tekshirish tanadagi qon ivish jarayonini taqlid qiladi.

Trombin vaqti nima?

Bu plazmaga trombin qo’shilsa, fibrin quyqasi hosil bo’lishi uchun zarur bo’lgan vaqt.

D-dimer va FDP tahlili nima?

Bular kerak bo’lmaganda tananing qon quyqalarini eritish qobiliyatini baholashga yordam beradigan ko’rsatkichlar.


Adabiyot

  1. Понизович Е. В, Золотавина М. Л., Чернявская О. В. Изменения показателей гемостаза крови у больных, страдающих вирусными гепатитами // Научный форум: медицина, биология и химия, 2018. С. 13–17.
  2. Haram K., Mortensen J., Mastrolia S., et al. Disseminated intravascular coagulation in the HELLP syndrome: how much do we really know? // The journal of maternal-fetal and neonatal medicine, 2017. Vol. 30(7). P. 779–788. doi:10.1080/14767058.2016.1189897.
  3. Зобова Д. А., Парамонова Т. К., Тюрина Н. А. и др. Патология системы гемостаза при очень ранних преждевременных родах // Журнал научных статей здоровье и образование в XXI веке, 2017. №8. С. 185–187.

Testga tayyorgarlik

Qon namunasini och qoringa, ovqatdan keyin kamida 8-12 soat o’tgach topshirish tavsiya etiladi. Bu vaqt ichida gazsiz suv ichish mumkin, ammo sharbatlar, qahva, spirtli ichimliklar va boshqa ichimliklar taqiqlanadi.

Shifokorlar odatda ertalab 8-11 gacha testni buyuradilar. Ertalabki PTV qon tahlili eng ishonchli natijani beradi, deb hisoblanadi.

Tekshirishdan bir soat oldin chekish, zinapoyagad chiqish va yugurish taqiqlanadi. Bundan tashqari, stress holatda bo’lmaslik kerak. Bularning barchasi qonning xususiyatlariga ta’sir qilib, test natijasini buzishi mumkin.

Tahlil qilishdan oldin shifokorlar 15 daqiqa davomida laboratoriyada o’tirishni maslahat berishadi. Bu nafasni rostlab olishga va tinchlanishga yordam beradi.

Ba’zida shifokorlar protrombin vaqtini dinamikada tekshirishlari kerak. Ular ma’lum vaqtdan keyin bir necha marta takroriy testlarni o’tkazadilar. Bunday holda, barcha tekshirishlar bir xil sharoitda: bir vaqtning o’zida va bir joyda o’tkazilishiga ishonch hosil qilish muhimdir.

Dori-darmonlar va terapevtik muolajalar testning aniqligiga ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun ultratovush tekshirish, massaj va rentgen nurlaridan so’ng darhol qon namunasini topshirish mumkin emas. Agar bemor dori-darmonlarni qabul qilsa, shifokor odatda tekshirishdan 10-14 kun oldin ularni bekor qiladi. Dori-darmonlarni qabul qilishni to’xtatish to’g’risida qaror faqat davolovchi shifokor tomonidan qabul qilinishi kerak.

Tahlil qilishga ko’rsatmalar

Protrombin vaqtini tahlil qilish quyudagi holatlarda buyuriladi:

  • operatsiya yoki tug’ishga tayyorgarlik ko’rishda;
  • varikozda;
  • tromboflebitda;
  • koroner yurak kasalligida,
  • yurak hurujida;
  • o’tmishda qon ivishining buzilishi;
  • trombozda;
  • gemofiliyada;
  • homilaning tushishida;
  • antikoagulyant terapiyada;
  • hech qanday sababsiz tez-tez qon ketishida;
  • ba’zi autoimmun kasalliklarda.

Protrombin vaqtini tahlil qilish quyudagi holatlarda buyuriladi:

  • operatsiya yoki tug’ishga tayyorgarlik ko’rishda;
  • varikozda;
  • tromboflebitda;
  • koroner yurak kasalligida;
  • yurak hurujida;
  • o’tmishda qon ivishining buzilishi;
  • trombozda;
  • gemofiliyada;
  • homilaning tushishida;
  • antikoagulyant terapiyada;
  • hech qanday sababsiz tez-tez qon ketishida;
  • ba’zi autoimmun kasalliklarda.

Agar protrombin vaqti kamaygan bo’lsa, qon ivishi qisqa vaqt ichida sodir bo’ladi. Bu bir necha omillarga bog’liq:

  • homiladorlikning oxirgi haftalari;
  • og’iz kontraseptivlarini qabul qilish;
  • ortiqcha K vitamini;
  • antikoagulyantlar bilan davolash.

Protrombin vaqti ko’tarilganda, bu qon ivish vaqtining oshishini ko’rsatadi. Muammoning sabablari:

  • koagulyatsion omillar (oqsillar) yetishmovchiligi yoki anomaliyalari;
  • DIC sindromi (tarqalgan intravaskulyar koagulyatsiya);
  • jigar va o’t yo’llarining patologiyasi;
  • K vitamini yetishmasligi;
  • reopoliglyukin va boshqa preparatlarni quyish.

Test natijasi har doim davolovchi shifokor tomonidan talqin qilinadi. U odatda ma’lumotlarni boshqa tekshiruvlar ma’lumotlari bilan solishtiradi va, agar kerak bo’lsa, anniq (maxsus) tibbiyot sohalaridagi mutaxassislar bilan maslahatlashadi.

Tadqiqot
narxi:
45.000 сум
Qon namunasi olish
+ 25.000 сум
Umumiy
narx:
70.000 сум
1-2 ish kunlari
Uy/ofisga kelib-ketish xizmati mavjud
Ushbu tadqiqot bilan yana nima buyuriladi?
1-2 ish kunlari
Uy/ofisga kelib-ketish xizmati mavjud
45.000 сум
1-2 ish kunlari
Uy/ofisga kelib-ketish xizmati mavjud
160.000 сум
1-2 ish kunlari
Uy/ofisga kelib-ketish xizmati mavjud
45.000 сум
1-2 ish kunlari
Uy/ofisga kelib-ketish xizmati mavjud
60.000 сум
1-2 ish kunlari
Uy/ofisga kelib-ketish xizmati mavjud
45.000 сум
Ekspert toifasidagi uskunalar
Yevropa xizmat ko’rsatish darajasi
Malakali shifokorlar
Hamyonbop narxlar
Qisqa muddat ichida
Xalqaro sifat