A guruhdagi gemolitik streptokokklarning b antigeni

BIOGEN MEDDA TAHLILI

Anginaga tahlil kasallikning qo’zg’atuvchisini tezda aniqlash va samarali davolash usulini tanlashga yordam beradi. Shuningdek, B guruhdagi streptokokklar bo’yicha tekshiruv ko’pincha homiladorlikning uchinchi trimestridagi ayollarga buyuriladi. Angina testining arzon narxi tufayli har kim uni topshirishi mumkin.

Tavsif

B guruhdagi streptokokklar – bu shartli-patogen deb hisoblanadigan bakteriyadir. Shuning uchun, sog’lom insonlarda u kasallikni qo’zg’atmaydi, zaiflashgan tanada esa u patogen bo’lishi mumkin.

Immunitet tanqisligi mavjud bemorlar va qariyalar, ayniqsa, B guruhdagi streptokokklari keltirib chiqaradigan patologiyalardan aziyat chekishadi:

  • tonzillitdan;
  • angina;
  • o’pkaning yallig’lanishi.

Shifokorlar ko’pincha xavf ostida bo’lgan insonlarga anginaga testni belgilaydilar. Ushbu tekshiruv kasallikning mohiyatini aniqlashga yordam beradi. Shifokor patologiyani nima qo’zg’atganini aniqlaydi: viruslar, bakteriyalar yoki zamburug’lar.

Yallig’lanishning sababi aniqlanganda, shifokor samarali davolanishni buyurishi mumkin. Masalan, bakterial pnevmoniyada antibiotiklar juda samarali bo’lib, ular virus orqali yuzaga keladigan yallig’lanishida foydasizdir.


Biomaterialni tekshirish usuli

Mikrofloraga emlanish va mass-spektrometriya.

Tekshirish uchun material

Og’izdan biomaterialning surtmasi.


Adabiyot

  1. Покровский В. И., Брико Н. И., Ряпис Л. А. Стрептококки и стрептококкозы. М., 2008.
  2. Gieseker K. E. Evaluating the American Academy Pediatrics diagnostic standart for Streptococcus pyogenes pharyngitis: Backup culture versus repeat rapid antigen testing // Pediatrics, 2003. Vol. 111. P. e666—700. doi:10.1542/peds.111.6.e666.
  3. Каспранская Г. Р., Лопатин А. С. Хронический тонзиллит: разные взгляды на старую проблему // Медицинский совет, 2013. № 5–6. С. 69–71.
  4. Финогеев Ю. П., Павлович Д. А., Захаренко С. М. Острые тонзиллиты у инфекционных больных // Журнал инфектологии, 2011. Т. 3. № 4. С. 84–91.

Biomaterialni o’rganishdan so’ng ishonchli natijaga erishish uchun tahlilga to’g’ri tayyorgarlik ko’rish muhim. Tekshiruvdan uch kun oldin og’iz bo’shlig’ini har qanday antiseptik chayuvchilar yordamida chayish mumkin emas. Bundan tashqari, anginaga testdan ikki soat oldin, tishlarni yuvish, saqich chaynash, ovqat yeyish va ichimlik ichik mumkin emas.

Qabul qilinayotgan barcha dorilar haqida shifokorga xabar berish kerak. Ayniqsa, antibiotiklar haqida. Bemorning ahvoliga qarab, shifokor tekshiruvning aniqligini oshirish uchun dori-darmonlarni vaqtincha to’xtatishi mumkin. Terapiyaning samaradorligini baholash uchun angina testi o’tkazilganda, dori-darmonlar odatda bekor qilinmaydi.

Ko’pgina hollarda, test erta tongda, och qoringa amalga oshiriladi. Bu tekshiruv natijalari buzilishi xavfini kamaytiradi.

Angina tahlili quyidagi holatlarda tavsiya etiladi:

  • bodomsimon bezlar yaqinida yiringlar shakllanishida;
  • difteriya yoki mononukleozga shubhada;
  • bodomsimon bezlarda karash shakllanishida;
  • ko’k yo’tal xavfida.

Anginaga test shifokorga patologiyaning holati va davolanishning qanchalik samarali ekanligini baholashga yordam beradi. Tekshiruv, shuningdek, bemorlarning antibiotiklarga sezgirligini aniqlashga yordam beradi.

Anginaga test insonda patogen mikroflorani aniqlashga yordam beradi:

  • oltin stafilokokk;
  • gemolitik streptokokk;
  • eozinofillar;
  • pnevmokokklar;
  • oddiy gerpes virusi.

Agar bakteriyalar soni ma’lum chegaradan oshmasa, shifokorlar ularga qarshi dori-darmonlarni buyurmaydi. Tahlil ijobiy natija ko’rsatganda, bu shartli-patogen mikroflorasining o’sishini anglatadi. Salbiy natija bemorda alomatlarning kelib chiqishini boshqa sabablarini ko’rsatadi. Ya’ni, patologiya virusli yoki zamburug’li xususiyatiga ega.

Tadqiqot
narxi:
160.000 сум
Qon namunasi olish
+ 25.000 сум
Umumiy
narx:
185.000 сум
1-2 ish kunlari
Uy/ofisga kelib-ketish xizmati mavjud
Ekspert toifasidagi uskunalar
Yevropa xizmat ko’rsatish darajasi
Malakali shifokorlar
Hamyonbop narxlar
Qisqa muddat ichida
Xalqaro sifat